OʻZGARMAS TOK

OʻZGARMAS TOKtok kuchi va yoʻnalishi vaqt oʻtishi bilan oʻzgarmaydigan elektr toki. Oʻ. t. oʻzgarmas elektr yurituvchi kuch taʼsirida oʻtkazgichdan yasalgan berk zanjirda vujudga kelishi mumkin. Agar elektr zanjiri tarmoqlanmagan boʻlsa, uning hamma qismlaridan oʻtayotgan tok kuchi bir xil boʻladi. Oʻzgarmas tokning asosiy qonunlari Om qonuni va Joul — Lens qonunipan iborat. Ishtirok etayotgan qarshiliklar va elektr yurituvchi kuchlardan foydalanib, zanjir tarmoqlarining har biridan oqayotgan tok kuchi va yoʻnalishi Kirxgof qoidalari asosida hisoblanadi. Oʻzgarmas tokdan turli sanoat tarmoqlarida, mas, elektrometallurgiya, transport, aloqa, avtomatika va boshqalarlarda foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x