Oʻzbekistonda “Olima ayollar”ga eʼtibor qay darajada?

Oʻzbekistonda “Olima ayollar”ga eʼtibor qay darajada 
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

Ayollar va qizlarning ilm-fan bilan toʻlaqonli foydalanishlariga teng imkoniyatlar yaratilishi, shuningdek xotin-qizlarning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan “Taraqqiyot maqsadlaridagi fan, texnika va innovatsiyalar” toʻgʻrisida rezolyutsiyada 11-fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni deb eʼlon qilingan.

Innovatsion rivojlanish vazirligi Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzovaning qayd etishicha, vazirlik tomonidan oʻtgan yili eʼlon qilingan “Olima ayollar” tashabbuskor ilmiy loyihalar tanlovi ham aynan xotin-qizlarning ilm-fandagi oʻrnini mustahkamlashga qaratilgan. Mazkur tanlov natijalariga koʻra hozirgi kunda jami 8 mlrd. 467.5 million soʻmlik 16 ta loyiha moliyalashtirildi.

2020-yilning 1-iyunidan 1-sentyabrigacha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi va Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Shvetsiya elchixonasi koʻmagida Oʻzbekiston olima ayollari uchun ilmiy-tadqiqot faoliyat sifatini oshirish va xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalarni nashr etish mahoratini oshirish boʻyicha treninglar oʻtkazildi. Treninglarda qatnashish uchun tanlov doirasida 250 dan ortiq arizalar kelib tushdi, ulardan 51 kishi tanlab olindi. Trening va seminarlar (ilm-fan sohasidagi yutuqlari uchun uch marotaba Scopus mukofoti sovrindori iqtisodchi-olim, Rauf Salaxodjayev tomonidan olib borildi.

Joriy yilning 23-yanvar kuni Innovatsion rivojlanish vazirligida qizlar uchun eng yirik xalqaro texnologik tanlov – Technovation Girls Uzbekistan dasturining yangi mavsumi ochildi. Hozirda Technovation Girls Uzbekistan dasturi boʻyicha qizlar taʼlim olmoqdalar. 3 oy (fevral – aprel) davom etadigan mashgʻulotlar Oʻzbekistonning barcha hududlarida onlayn tarzda oʻtkazilmoqda.

Hozirda startap loyihalar tanlovlarida hamda xorijiy davlatlarga stajirovkaga yuborilayotgan yosh olimlar orasida ham ayol va qizlarning sonini koʻpaytirish boʻyicha choralar koʻrilmoqda.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do’stlaringizga ma’lum qiling:

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x