Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tanlov eʼlon qildi

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi 2018–2019 yillar davomida yaratiladigan, yurtdoshlarimiz qalbida yuksak vatanparvarlik tuygʻularini tarbiyalashga, mustaqilligimizni mustahkamlashga xizmat qiladigan, odamlarni halol yashash va mehnat qilishga daʼvat etadigan tarixiy va zamonaviy mavzulardagi badiiy yetuk sheʼriy, nasriy, dramatik, badiiy-publitsistik asarlar uchun

TANLOV EʼLON QILADI.

 

Tanlovga taqdim etiladigan asarlarda:

– yurtimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish yoʻlida erishilgan yutuq va natijalar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar koʻlami va ahamiyati, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotdagi tub oʻzgarishlar;

– mustaqilligimizning xalqimiz hayotidagi beqiyos ahamiyati, ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻusi, boy maʼnaviy merosimiz va milliy qadriyatlarimizning hayotdagi oʻrni va ahamiyati;

– yurtimizda tugʻilib voyaga yetgan buyuk tarixiy shaxslar, shoir va allomalar hamda xalq qahramonlarining hayoti va faoliyati, olamshumul maʼnaviy merosi;

– Vatanimiz mustaqilligi yoʻlida kurashgan fidoyi insonlar, qahramonlarcha halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning ibratli hayoti, ayni kunda harbiy sohada jonbozlik koʻrsatib xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning hayotda erishayotgan natijalari;

– yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorliklar, tadribkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ijtimoiy sohalarni yanada rivojlantirish borasidagi oʻzgarishlarning xalqimiz hayotidagi ulkan ahamiyati;

respublikamizda diniy qadriyatlarning ulugʻlanishi, jumladan, Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi, Islom akademiyasining barpo etilishi bilan bogʻliq jarayonlar va boshqa masalalar chuqur hayotiy ruhda, yuqori badiiy saviyada aks ettirilishi lozim.

Tanlovda Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari bilan qatorda barcha yurtdoshlarimiz ishtirok etishi mumkin.

Tanlovni 2018–2019 yillarda ikki bosqichli tartibda oʻtkazish rejalashtirilgan. Jumladan, 1-bosqichda asarlar joriy yil 1 noyabrgacha, 2-bosqichda 2019 yil 1 noyabrgacha qabul qilinadi.

Taniqli ijodkorlardan iborat hakamlar hayʼati tanlovga taqdim etilgan asarlarni oʻqib, baholab boradi. Gʻolib deb topilgan asarlar Yozuvchilar uyushmasi muassisligidagi adabiy nashrlarda hamda “Ijod” jamoat fondi homiyligida kitob holida chop etiladi. Mualliflarga esa imtiyozli qalam haqi toʻlanadi.

Tanlovga asarlar ikki nusxada (kompyuterda Times New Roman shriftida, 1,5 intervalda koʻchirilgan) hamda ularning elektron nusxasi taqdim etilishi lozim.

 

Murojaat uchun manzil: Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi, 16-a uy.

Telefonlar: 239-27-88; 239-26-91,227-08-27;

Faks: 245-66-95.

Elektron manzil: info@ijod.uz

 

ijod.uz

https://saviya.uz/hayot/jarayon/ozbekiston-yozuvchilar-uyushmasi-tanlov/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x