OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT MILLIY BANKI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT MILLIY BANKI, Oʻzmilliy bank — yirik kreditmoliya muassasasi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1991 yil 7-sentyabrdagi Farmoniga koʻra tashkil etilgan. Bosh idorasi Toshkent shahrida. Muassisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. Bank Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining xalqaro moliya bozorlaridagi agenti hisoblanadi. Respublikaning barcha viloyat markazlarida va Qoraqalpogʻistonda viloyat boʻlimlari bor. Markaziy operatsiya boʻlimi, Toshkent shahar (poytaxt) va viloyat boʻlimlari Toshkent shahrida joylashgan.

Bank loyihalarni moliyalash, universal tijorat, investitsiyalarni yoʻnaltiruvchi va chakana bank vazifalarini bajaradi. 1993—2004-yillar davomida bank jalb etilgan va oʻziga tegishli resurslar hisobidan umumiy qiymati 7 mlrd. AQSH dollari boʻlgan 170 dan ziyod investitsiya loyihalarini moliyalashtirdi. Bu loyihalar milliy iqtisodiyotning energiya resurslari, nodir megallar qazib olish va qayta ishlash, q. x., toʻqimachilik va kime sanoati, transport, aloqa, saiyehlik infratuzilmasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish sohalarida amalga oshirilmoqda.

Bank faoliyatida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etish ustuvor yoʻnalishlardan biri hisoblanadi. Bank tomonidan bir qancha xalqaro kreditmuassasalarining kredit yoʻnalishlari doirasida umumiy qiymati 443 mln. AQSH dollari boʻlgan 140 dan ortiq kichik biznes investitsiya loyihalari moliyalanmoqda (2005). Jahonning 67 mamlakatidagi qariyb 600 ta xorijiy bank bilan vakillik munosabatlari oʻrnatgan. Bankning respublikaning barcha mintaqalarida joylashgan 96 boʻlimi va filiallari korporativ hamda chakana mijozlarga zamonaviy bank xizmatlari koʻrsatadi. 2004-yilda 600 mingdan koʻproq mijozlarga xizmat koʻrsatdi.

Bankning eʼlon qilingan kapitali hajmi ekvivalentda 485 mln. AQSH dollari, jamlanma balansi 292 mln. AQSH dollari (2005, 1 yanv.), kredit portfelining 73,5%ni uzoq muddatli kreditlar tashkil etadi.

2000—2004-yillarda jamlanma balansi soʻm ekvivalentida 3,5 baravar oʻsdi. Bank respublikadagi bir kancha ijtimoiy jamgʻarmalarga doimiy asosda moddiy yordam koʻrsatadi, ijtimoiymadaniy tadbirlarga homiylik qiladi. Bank Oʻzbekiston Tasviriy sanʼat galereyasini moliyalaydigan asosiy muassasa (galereyadagi 300 dan ortiq tasviriy sanʼat asarlari, noyob qadimiy va oʻrta asr tangalari bankning kolleksiyasidir).

Ravshan Gʻulomov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x