OʻZBEKISTON MILLIY ENSIKLOPEDIYASI

OʻZBEKISTON MILLIY ENSIKLOPEDIYASI (OʻzME) — Oʻzbekiston Respublikasining birinchi universal milliy ensiklopediyasi. Toshkentda «Uzbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan nashr etiladi. 1996 yil 4-sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Oʻzbekiston Respublikasi Qomusini nashr etish toʻgʻrisida» qaror qabul qildi. Shu qaror asosida universal ensiklopediyaning soha soʻzliklarini tuzishga kirishildi, mezonlar ishlab chiqildi. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-martda «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyotini tashkil etish toʻgʻrisida»gi 154qarori qabul qilingach, bu ishni amalga oshirish uchun barcha shartsharoitlar yuzaga keldi. Qarorda 12 jildli universal OʻzMEning ilmiynazariy va gʻoyaviysiyosiy yoʻnalishi belgilab berildi. Shu qaror asosida «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti tuzildi. OʻzMEning mazmun va mundarijasini belgilashda jahon qomuschiligi anʼanalaridan va mamlakatimizda orttirilgan ijobiy tajribalardan foydalanildi (OʻzME maqsadi va vazifalari uning 1jildi muqaddimasida bayon qilingan).

OʻzMEning umumiy hajmi 1600 nashriyothisob tabogʻini tashkil etib, qariyb 50 ming maqolani oʻz ichiga oladi. OʻzMEda tasdiqlangan yoʻnalish (konsepsiya)ga koʻra, ensiklopediyada Oʻzbekiston Respublikasi haqida materiallar bilan birgalikda umumbashariy maʼlumotlar ham beriladi; ijtimoiy (60%) va tabiiy (40%) fanlar mutanosibligi saqlanadi. Hamma universal ensiklopediyalarda boʻlgani kabi, unga barcha zamonlar va xalklarga mansub mashhur shaxslar, kashfiyotchilar, sayyohlar, fan, texnika, adabiyot va sanʼat namoyandalari, taniqli davlat va siyosat arboblari toʻgʻrisida maqolalar kirgan (bu borada tegishli mezon ishlab chiqilgan).

OʻzMEning asosiy ilmiy tayanchi — Bosh tahrir hayʼatidir. Uning roʻyxati yuqoridagi soʻnggi qaror bilan tasdiqlangan. Bundan tashqari, fan sohalari boʻyicha 160 dan ziyod kishini birlashtirgan 23 ta ilmiymaslahat kenkiii ham tuzilgan. Ularning roʻyxati VII1 bir jild sarvaragʻi va uning orqasi |l berib boriladi.

OʻzM»)ning 1jildi 2000-yilda nashrdan chiqdi. Mazkur jild Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi oʻquvchilariga» yoʻllagan tabrigi bilan boshlangan. Ensiklopediyaning umumalifbo harfidagi soʻnggi 11jildining nashri 2005-yilda yakunlanadi. Ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasiga bagʻishlangan maxsus jildi (12jild) ham nashr etiladi.

OʻzMEning har bir jildida 125 — 130 nashriyothisob tabogʻida material beriladi; 800—1200 atrofida bezaklar: rangli va oqqora suratlar, xaritalar oʻrin oladi; 800 dan ziyod mualliflar, taqrizchilar qatnashadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x