OʻZBEKISTON JISMONIY TARBIYA INSTITUTI

OʻZBEKISTON JISMONIY TARBIYA INSTITUTIjismoniy tarbiya oʻqituvchilari va sport turlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasasi. 1955-yilda Toshkentda jismoniy tarbiy texnikumi asosida tashkil etilgan. Hoz. kunda In-tda 4 ta ft (sport oʻyinlari, yakkakurash sport turlari, sirtqi taʼlim va malaka oshirish), 19 ta kafedra, 4 ta muammolar lab., doktorantura, aspirantura, nashriyot, bosmaxona, 170 ming asar jamgʻarmasiga ega kutubxona, 6 ta sport zali, 12 ta sport maydoni, 240 oʻrinli talabalar uyi mavjud. Shuningdek, in-t qoshida Oʻzbekiston Olimpiya akademiyasi, ixtisoslashgan ilmiy kengash, «Fan — sportga» ilmiy jur. tahririyati faoliyat koʻrsatadi. 2004/05 oʻquv yilida In-tda 2123 talaba taʼlim oldi, 156 prof. oʻqituvchi, jumladan, 11 fan dri, 41 fan nomzodi va dotsent ishladi. Intda sport turlari va kasbiy taʼlim (jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat) yoʻnalishlari boʻyicha bakalavrlik hamda 16 mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlanadi. in-t talabalar sport jamoasi respublikada oʻtkazilayotgan «Universiada» oʻyinlarida yetakchilik qilib kelayapti. «Toʻmaris» (voleybol) va Jismoniy tarbiya instituti sport klubi (basketbol) ayollar jamoalari esa Oʻzbekiston chempionatlarining koʻp karra gʻolibidir. In-tda tahsil olgan Sobir Roʻziyev, Rufat Risqiyev, Lina Cheryazova, ArTur Grigoryan, Oksana Chusovitina, Mirjalol Qosimov, Rustam Saidov kabi sportchilar jahon chempionatlari, olimpiada va Osiyo oʻyinlarida chempion boʻlishgan. In-tning ilmiy pedagogik faoliyati Hoji Ahmad Toʻraxoʻjayev, Roza Rafiqova, Vadim Avanesov, Ozoda Rixsiyeva, Abduhamid Hamroqulov, Toʻlqin Yunusov kabi olimlar nomlari bilan bogʻliq. in-t olimlari Germaniya, Koreya Respublikasi, Polsha, Rossiya, Ukraina, Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston davlatlaridagi turdosh oʻquv yurtlari mutaxassislari bilan ilmiy hamkorlik qilishadi.

Ropijon Qudratov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x