OʻTTIZ YILLIK URUSH

OʻTTIZ YILLIK URUSH (161848) — gabsburglar bloki (Papalik va Rech Pospolita tomonidan qoʻllabquvvatlangan Ispaniya va Avstriya gabsburglari, Germaniyaning katolik knyazlari) bilan gabsburglarga qarshi koalitsiya (Angliya, Gollandiya va Rossiya quvvatlab turgan german protestant knyazlari, Fransiya, Shvetsiya, Daniya) oʻrtasidagi urush. Gabsburglar bloki katolitsizm tarafida, gabsburglarga qarshi koalitsiya esa (ayniqsa, urushning boshlanish paytida) protestantizm bayrogʻi ostida harakat qilgan. Bu urush bir necha davrlarga boʻlingan: Chexiya davri (1618—23) — gabsburglarga qarshi Chexiya qoʻzgʻoloni (1618—20) va chexlarning Belaya Gora yaqinida magʻlubiyatga uchrashi (1620),Daniya davri (1625— 29) da gabsburglar bloki qoʻshinlari (qoʻmondonlari A. Vallenshteyn, I. Tilli) Daniyani yengib, Germaniya hududidan daniyaliklarni quvib chiqargan; Shvetsiya davri (1630—35) da shved armiyasi (qoʻmondoni Gustav II Adolf) Germaniyaga bosib kirib, Breytenfeld (1631), Lyutsen (1632) yonida gʻalaba qilgan, ammo Nyordlingan (1634) yaqinida magʻlubiyatga uchragan; FransiyaShvetsiya davri (1635—48)da Fransiya urushga kirishi bilan gabsburglarga qarshi koalitsiyaning ustunligi yaqqol koʻrindi. Natijada gabsburglarning «jahonshumul imperiya» tuzish va milliy davlatlarni boʻysundirish haqidagi rejalari barbod boʻldi, siyosiy hukmronlik Fransiya qoʻliga oʻtdi. 1648 yil Vestfaliya sulhi bilan tugagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x