OʻTROR MUDOFAASI

OʻTROR MUDOFAASImoʻgʻullar istilosi davrida Xorazmshohlar davlatiga qarashli Oʻtror shahrini qahramonona mudofaa qilinishi (1219 yil sentyabr — 1220-yil mart). Muhammad xorazmshohning Oʻtrordagi noibi Inolchik tomonidan moʻgʻul savdogarlarining oʻldirilishi va molmulklarining musodara etilishi (1218-yil) Oʻrta Osiyoga istilochilik yurishini boshlash uchun Chingizxonta bahona boʻlgan. 1219-yil sentyabr da moʻgʻullar shaharni qamal qilishga kirishganlar. Inolchiq ixtiyorida shahar mudofaasi uchun 20 ming kishilik qoʻshin bor edi. Shuningdek, Muhammad xorazmshoh Oʻtrorga Qoracha hojib boshliq 10 ming askarni koʻmak uchun joʻnatgan edi. Shaharni osonlik bilan egallash mushkulligini fahmlagan Chingizxon oʻgʻillari Chigʻatoy va Oʻqtoy boshchiligidagi qoʻshinlarining bir qismini qoldirgan. Shundan soʻng lashkarining asosiy kuchlarini 3 qismga boʻlgan: birini u katta oʻgʻli Joʻjixon boshchiligida Oʻtrordan shim. dagi Jand va Barchinligʻkentni boʻysundirishga yuborgan, ikkinchisini — Uloq noʻyon va Suketu cherbi boshchiligida Oʻtrordan jan. dagi Banokat bilan Xoʻjandni bosib olishga joʻnatgan. Oʻzi esa kichik oʻgʻli Tuli va mashhur Jebe noʻyon va Subutoy bahodirlar bilan Buxoroga qarab yurgan. Manbalarga koʻra, Oʻtror qamali 5 oy davom etgan. Moʻgʻullar shaharga oqib kiruvchi ariqlarni koʻmib tashlashgan, manjaniqlardan shaharga qarata tosh va yonuvchi moddalar irgʻitganlar, qoʻrgʻon atrofidagi xandaqlar tuproq hamda shoxshabbalar bilan toʻldirilgan, devorlar ostidan lahimlar qazilgan, tevarakatrofdagi dovdaraxtlar kesilib, uzun, ulama qamal shotulari yasalgan.

Oʻtror mudofaasi davrida nafaqat qamaldagilar, balki moʻgʻullar ham katta talafot koʻrishgan. Qamaldagilarning safi kundan kun siyraklashib, oziq-ovqat tanqisligi kuchaygan. Oʻtror mudofaasining eng ogʻir paytida Qoracha hojib shaharni moʻgʻullarga topshirishni taklif qilgan, ammo Inolchiq bu taklifni rad etgan. Shunda Qoracha hojib oʻziga qarashli 10 ming askari bilan Soʻfiyxon (Soʻfixona) darvozasidan chiqib moʻgʻullarga taslim boʻlgan. Biroq xiyonatkorlikni moʻgʻullar ham kechirishmagan, ular Qoracha hojib va uning askarlarini qatl etishgan. Moʻgʻul qoʻshini manjaniq va arrodalar yordamida shahar devorlaridan raxnalar ochib ichkariga yopirilib kirgan. Inolchiq 20 ming askari bilan shahar ichidagi mustahkam qalʼaga kirib olib, yana 1 oy davomida son jihatdan oʻzidan bir necha yuz barobar ortiq gʻanim bilan qahramonona jang qilgan. Chigʻatoy Inolchiqni tiriklayin ushlashni buyurgan. Chigʻatoy va Oʻqtoy uni qoʻlga olib Samarqandga Chingizxon huzuriga keltirganlar. Oʻtror mudofaasi rahbari beshafqat qatl etilgan.

Ad. Buniyodov Ziyo, AnushtaginXorazmshohlar davlati (1097—1231), T., 1998.

Faxriddin Hasanov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x