OʻTA YUQORI CHASTOTALAR

OʻTA YUQORI CHASTOTALAR — radiotexnikada qoʻllaniladigan eng yuqori chastotalar sohasi. Chegarasi (30 MGs) 10 m li toʻlqinga mos keladi; diapazoni 10 m dan qisqa radiotoʻlqinlarni qamrab oladi. Oʻta yuqori chastotalar diapazoni tebranishlarni uygʻotish, qabul qilish va kuchaytirish usullari va tarqalish sharoitlari boʻyicha ushbu xususiyatlarga ega:

1) elektronlarning uchish vaqti (elektron asbobning katodidan anodigacha yoki boshqa elektrodlargacha masofani oʻtish vaqti) tebranishlar davriga yaqin boʻladi. Shu sababli, Oʻta yuqori chastotalar sohasida tebranishlarni generatsiyalash, kuchaytirish va oʻzgartirishning maxsus usullari va maxsus asboblar (klistron, magnetron va boshqalar) dan foydalaniladi;

2) Oʻta yuqori chastotalar diapazonida antennaning oʻlchami toʻlqin uzunligidan koʻp marta katta boʻladi. Shu tufayli, yuqori darajada yoʻnalgan taʼsirga ega va antennaning kuchaytirishi katta boʻlishi mumkin;

3) Oʻta yuqori chastotalar diapazonida radiotoʻlqinlarning ionosferada sezilarli sinishi yuz bermaydi va atmosferaning yuqori qatlamlariga tushib, yerga qaytmaydi. Shuning uchun bu toʻlqinlar bevosita koʻzga koʻrinadigan chegaradan uncha koʻp uzoqqa tarqalmaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x