OʻT

OʻT, safro — jigar hujayralari ajratadigan sargʻishjigarrang suyuqlik. Odam hamda hayvonlar ichagida yogʻ va yogʻsimon moddalar hazm boʻlishi va soʻrilishini taʼminlaydi. Tarkibi, asosan, suv, oʻt kislota tuzlari, bilirubin, xolesterin va anorganik tuzlardan iborat. Katta yoshdagi odam jigari sutkada 1,2 l gacha oʻt ishlab chiqaradi. Ovqat hazm qilish jarayoni sodir boʻlmagan hollarda Oʻt oʻt pufagida toʻplanadi (q. Ovkat hazm qilish sistemasi). Odamda Oʻtning kimyoviy tarkibi, xossalari va miqdori turli kasalliklarda (mas. oʻt tosh kasalligida) oʻzgarib turadi. Oʻt baʼzi mikrob (ich terlama, sil)larni oʻstirishda oziqli modda sifatida va kasalliklarni davolashda qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x