OʻTA ASOSLI TOGʻ JINSLARI

OʻTA ASOSLI TOGʻ JINSLARI, ultrabazitlar, giperbazitlar — tarkibida dala shpati boʻlmagan, kremnezyom kam, magniy va temir koʻp boʻlgan magmatik togʻ jinslari. Oʻ. a. t. j. da olivin va piroksenlar asosiy jins hosil qiluvchi minerallardir. Bu jinslar yuqori mantiyadan chiqib kelayotgan magmaning kristallanishi natijasida hosil boʻladi. Oʻta asosli togʻ jinslarining qattiq holatdagi jismlari Yer poʻstining chuqur gorizontlaridan siqib chiqarilishi mumkin. Metamorfizm taʼsirida ular serpentinit, amfibolit va slaneslarga aylanadi. Oʻta asosli togʻ jinslari ofiolitli mintaqalarni (q. Ofiolitlar) tashkil qiladi hamda okean tipidagi Yer poʻstining tarkibiga kiradi. Oʻta asosli togʻ jinslari Ural, Kola ya. o., Sibir, Ukraina, Kavkaz va Qozogʻistonda tarqalgan. Ular bilan nikel, kobalt, xromit, platina rudalari, talk, magnezit va asbest konlari bogʻliq.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x