OʻT PIGMENTLARI

OʻT PIGMENTLARI — gemoglobinning parchalanishida hosil boʻladigan azotli rangdor moddalar. Odam va hayvon organizmida, asosan, jigarda hosil boʻladi, bilirubin, biliverdin va boshqalar koʻrinishida oʻt bilan ajraladi. Odam organizmida sutkasiga taxm. 280 mg Oʻt pigmentlari hosil boʻladi. Oʻt pigmentlari kislotali xususiyatga ega, metall bilan tuz (baʼzan erimaydigan) hosil qiladi. Shunga koʻra, Oʻt pigmentlari oʻt toshi (q. Oʻttosh kasalligi) hosil boʻlishida ahamiyatli. Oʻt pigmentlari najas, qisman siydik bilan chiqariladi, shuning uchun ulardan qator kasalliklarni aniqlashda foydalaniladi. Qonda Oʻt pigmentlari miqdori oshganda badan sargʻayadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x