OʻSIMLIKSHUNOSLIK INSTITUTI

OʻSIMLIKSHUNOSLIK INSTITUTI, Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik ilmiy tadqiqot instituti — oʻsimlikshunoslik boʻyicha yirik ilmiyuslubiy markaz. Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiyishlab chiqarish markazi tarkibida. 1925-yilda NM. Vavilov tashabbusi bilan Leningrad Amaliy botanika, genetika va seleksiya intining Oʻrta Osiyo boʻlimi tashkil etilgan. 1935-yildan Butunittifoq oʻsimlikshunoslik intining Oʻrta Osiyo tajriba st-yasi, 1979-yildan shu intining Oʻrta Osiyo filiali. 1991-yildan hoz. nomda. Toshkent viloyat Qibray tumani Oqqovoq qishlogʻida joylashgan. Q. x. ekinlarining namunalarini yigʻish va introduksiya qilish; introduksiya qilingan oʻsimliklarni karantin koʻrigidan oʻtkazish; oʻsimliklar genofondini saqlash va boyitish; q. x. ekinlarini atroflicha toʻla oʻrganish asosida seleksiya maskanlariga qimmatli xoʻjalik belgi va xususiyatlarga ega donorlar va birlamchi manbalar yetkazib berish; ekinlarning yangi navlarini yaratish; yangi, noanʼanaviy ekinlarni ishlab chiqarishga joriy etish; In-tda yaratilgan q. x. ekinlari navlarining birlamchi urugʻchiligini olib borish va bilan shugʻullanadi. in-t tarkibida (2005): oʻsimliklar genetik resurslarini hujjatlashtirish; introduksiya; dala ekinlari; texnika ekinlari; sabzavot, poliz ekinlari va kartoshka; mevarezavor ekinlari boʻlimlari, urugʻshunoslik; moyli ekinlar; uzumchilik; biokimyo lab. lari, Andijon (Jalolquduq tumani Jalaquduq shirkat xoʻjaligi), Surxondaryo (Jarqoʻrgʻon tumani «Surxon» shirkat xoʻjaligi) tajriba xoʻjaliklari bor. In-tda oʻsimliklar genetik resurslari oʻrta muddatlarda (15—20 yil) saqlanadigan genlar banki — q. x. ekinlari genofondi yaratilgan. Ilmiy kutubxona, muzey faoliyat koʻrsatadi. Intga ajratilgan umumiy yer maydoni 395 ga, shundan ekiladigan yer maydoni Qibray tumanida 135 ga, tajriba xoʻjaliklarida 195 ga (Andijon tajriba xoʻjaligida 45 ga, Surxondaryo tajriba xoʻjaligida 150 ga). Har yili 59 ga ochiq yer maydoniga dala, texnika, sabzavot va poliz, vegetativ holda koʻpayuvchi, respublika uchun noanʼanaviy boʻlgan ekinlarning 3000 ga yaqin namunalari ekilib, urugʻlari genlar bankida saqlash uchun olinadi. in-t 80 turdan ortiq ekinlarning 30 ming dan koʻproq nav namunalariga ega. In-tda 26 ga maydonda tok kolleksiya bogʻi (1580 namuna), 46 ga maydonda mevarezavor ekinlari kolleksiya bogʻi (4013 namuna) tashkil etilgan, gʻoʻza namunalarining mamlakatda yagona boʻlgan tur, ish va dublet kolleksiyasida 5400 dan ortiq namuna saqlanadi. 80 yil davomida Davlat nav sinash komissiyasiga q. x. ekinlarining 750 dan ortiq navlari topshirilgan va shundan 240 tasi turli ylarda r-nlashtirilgan. 2005-yilda Oʻzbekiston hududida ekish uchun tavsiya etilgan q. x. ekinlarining 78 ta navi in-t olimlari tomonidan yaratilgan navlardir. in-t olimlari oʻsimlikshunoslikka oid 250 katalog, 29 ilmiy toʻplam, uslubiy qoʻllanmalar, darsliklar, tavsiyanomalar yaratdilar.

In-t faoliyati S. M. Pereskokov, N. G. Ruban, M. V. Muhammadjonov, V. P. Gorbunov, I. M. Pugachev, yilF. Uzoqov, K. I. Pangalo, M. G. Popov, K. A. Visoskiy, M. S. Juravel, V. K. Kobelev, I. A. Maksimov, V. P. Matveyev, P. A. Baranov, M. M. Negrul, K. F. Kostina, V. A. Arzumanov, Gʻ. Q. Qurbonov, A. R. Shreder, K. I. Baymetov, B. X. Sattorov va boshqalar koʻplab olimlar faoliyati bilan bogʻliq. In-tda 300 ga yaqin xodim, jumladan, 2 fan dri, 14 fan nomzodlari ishladi (2005). In-tda ixtisoslashtirilgan ilmiy kengash, seleksiya va urugʻchilik, oʻsimlikshunoslik yoʻnalishlari boʻyicha aspirantura bor.

In-t jahonning yirik ilmiy tashkilotlari va genlar banklari bilan ilmiy hamkorlik aloqalari oʻrnatgan. Fayzulla Hojiyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x