OʻRTA TOGʻ JINSLARI

OʻRTA TOGʻ JINSLARI — tarkibida 56—65% kremnezyom boʻlgan, nordon va asosli togʻ jinslari oʻrtasidagi magmatik togʻ jinslari. Oʻ. t. j. ga asosan, tarkibida ozroq temir magnezialli minerallar (piroksen, shoh aldamchisi, baʼzan biotit) boʻlgan dala shpatlari kiradi; dala shpatlari orasida oʻrta plagioklazlar (oligoklaz, andezit) muhimdir. Oʻrta togʻ jinslari orasida moddiy tarkibi boʻyicha natriyli (dioritlar, andezitlar va porfiritlar) va kaliyli (siyenitlar va traxitlar) qatorlari farqlanadi. Oʻrta togʻ jinslari, asosan, effuziv jinslar orasida tarqalgan, ularda andezit va porfiritlar traxit va porfiritlardan koʻra koʻproq, intruziv jinslar (diorit, siyenit) nisbatan kamroq tarqalgan boʻladi. Kvarsli dioritlar tarkibida kvars 20% gacha, diorit va siyenitlarda 5% gacha uchraydi (q. Magmatik togʻ jinslari).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x