OʻRTA DENGIZBOʻYI OʻLKASI

OʻRTA DENGIZBOʻYI OʻLKASIYevrosiyo va Afrika materiklarining Oʻrta dengizga tutash hududlari hamda undagi orol va yarim orollarni oʻz ichiga olgan tabiiy oʻlka. Oʻrta dengiz boʻylab joylashgan tarixiy viloyatni ham anglatadi. Mayd. 4 mln. km2 (Gʻarbiy Osiyo togʻliklari bilan 5 mln. km2 dan ziyod). Relyefi, asosan, togʻlik; karst va erozion relyef shakllari koʻp uchraydi. Oʻrta dengizboʻyi oʻlkasi vulkanizm (Etna, Stromboli, Vezuviy vulkanlari) va tektonik harakatlar faol zona. Iklimi subtropik oʻrta dengiz iqlimi, yanv. ning oʻrtacha t-rasi shim. da 0—2°, jan. da 10—12°, iyulda 19—20° dan 28 — 30° gacha. Yillik yogʻin tekisliklarda 300—400 mm dan togʻlarda 3000 mm gacha. Daryolari, asosan, yomgʻir suvlaridan toʻyinadi, qishda toʻlib oqadi. Choʻl va chala choʻl landshafti ustun. Toshloq yalangliklar bor. Tabiiy oʻsimlik qoplami deyarli qolmagan. Subtropik dehqonchilik rivojlangan (tokzorlar, sitrus mevalar va zaytun daraxtlari plantatsiyalari bor). Tamaki, paxta, shuningdek, bugʻdoy, makkajoʻxori ekiladi. Chorvachilik bilan shugʻullaniladi, dengizdan baliq ovlanadi. Turizm rivojlangan: Oʻ. d. oʻ. dagi qadimiy obidalar va xushmanzara joylar millionlab turistlarni oʻziga jalb etadi. Inson Oʻrta dengizboʻyi oʻlkasida quyi paleolit davridan yashay boshlagan. Oʻlka inson sivilizatsiyasi (tamadduni)ning ilk makonlaridan, q. Misr, Qadimgi Misr, Falastin, Finikiya, Egey madaniyati, Ellada madaniyati.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x