OʻRTA CHIRCHIQ TUMANI

OʻRTA CHIRCHIQ TUMANIToshkent viloyatidagi tuman. Hududining koʻp qismi Chirchiq daryosi bilan Toshkent kanali oraligʻida joylashgan. 1926 yil 29-sentyabrda tashkil etilgan. Shim. sharqda Yuqori Chirchiq, sharqda Ohangaron tumanlari, shim. da Toshkent shahri, Zangiota tumani, gʻarbda Quyi Chirchiq, jan. da Oqqoʻrgʻon va Piskent tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,51 ming km2. Aholisi 163,4 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Toʻytepa), 2 shaharcha (Tuyaboʻgʻiz, Yangihayot), 13 qishloq fuqarolari yigʻini (Angor, Doʻstlik, Istiqlol, Navoiy, Oxunboboyev, Oqota, Uyshun, Paxtakor, Paxtaobod, Yunuchqala, Yangiturmush, Oʻrtasaroy, Qorasuv) bor. Tuman markazi — Toʻytepa shahri.

Tabiati. Tuman hududi Chirchiq daryosining chap sohilidagi tekislikda joylashgan. Iqlimi kontinental. Qishi sovuq, yozi issiq. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 0—4°, eng past tra 19°, —20°. Iyulniki 28—30°, eng yuqori t-ra 41—42°. Oʻrtacha yillik yogʻin 450—460 mm. Vegetatsiya davri 300 kun. Tuman hududidan Polvonov nomidagi T°shkent, Qorasuv kanallari, shim. gʻarbidan Chirchiq daryosi oqib oʻtadi. Bir necha kollektor bor. Tuman jan. da Tuyaboʻgʻiz suv ombori («Toshkent dengizi») joylashgan. Tuproqlari boʻz tuproq. Yovvoyi oʻsimliklardan shoʻra, qamish, yulgʻun va boshqalar oʻsadi. Hayvonlardan chiyaboʻri, tulki, yumronqoziq, suvilonlar uchraydi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, tatar, rus, koreys va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 320,3 kishi (2004). Shahar aholisi 38,7 ming kishi, qishloq aholisi 124,7 ming kishi.

Xoʻjaligi. Tumanda yirik, oʻrta biznes, 125 kichik korxona va 1143 mikrofirmalar faoliyat koʻrsatadi. OʻzbekistonKoreya «Kabul — Toʻytepa LTD» ip yigiruv — toʻquv (q. «Kabul tekstaylz»), Oʻzbekiston — Germaniya «Xakipet», «Xusayn Mirzo», qoʻshma korxonalari ishlab turibdi. I. ch. birlashmalari, metallkonstruksiyalari, temirbeton, asfaltbeton, 2 paxta tozalash zd, MTP, tikuvchilik f-kasi, don qabul qilish korxonasi bor. 13 jamoa xoʻjaligi, oʻquv tajriba korxonasi faoliyat koʻrsatadi. Tuman q. x., asosan, paxtachilik va gʻallachilikka ixtisoslashgan. Oʻrta chirchiq tumanida jami sugʻoriladigan 28,6 ming ga yerga paxta, 11,5 ming ga yerga don, shuningdek, kartoshka, sabzavot va poliz, ozuqa ekinlari, beda ekiladi. Tumandagi jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarda 32 ming qoramol, shuningdek, 321,7 ming qoʻy va echki, 205,2 ming parranda, 21,7 ming yilqi boqiladi (2005). Oʻrta chirchiq tumanida Respublika sholikorlik ilmiy tadqiqot inti, 74 umumiy taʼlim, bolalar sanʼat, sport maktablari, akademik litsey, gimnaziya, 2 kasb-hunar kolleji faoliyat koʻrsatadi. Tuman markaziy kutubxonasi, markaziy madaniyat uyi, 2 madaniyat va istirohat bogʻi, 8 klub muassasasi bor. 3 stadion, sport zallari, otish tirlari, futbol, voleybol, basketbol, qoʻl toʻpi maydonchalari mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, 3 poliklinika, tugʻruqxona, dorixona, 20 qishloq vrachlik punktlari, 21 feldsherakusherlik punktlari aholiga xizmat koʻrsatadi.

Oʻrta chirchiq tumani avtomobil yoʻllari orqali Toshkent shahri va boshqalar shaharlar bilan bogʻlangan. Tuman hududidan Toshkent — Angren t. y. oʻtadi. 1932-yildan «Mashʼal» tuman gaz. chop etiladi.

Andrey Kubatin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x