OʻROQ

OʻROQ — turli boshoqli ekinlar, beda, pichan va oʻtlarni oʻrish uchun ishlatiladigan qurol. Dastaki (qoʻl) va mashina Oʻ. lari farqpanadi. Dastaki Oʻroq ilk dehkonchilik va chorvachilik paydo boʻlganidan soʻng rasm boʻlgan. Oʻrta Osiyoda tarqalgan dastaki Oʻroq turi 3 qismdan — tigʻ (yuqori qismi, uchi ichkariga sal qayrilgan), boʻyin va dasta (metall uchiga yogʻochdan oʻrnatiladi) dan iborat. Oy shakliga yaqin tigʻli (tigʻi arrasimon tishli xili ham koʻp tarqalgan) va dastali Oʻroq xili ham bor. Tik yurib oʻrish uchun ishlatiladigan Oʻroq chalgʻi Oʻroq, bel Oʻ. deb ataladi. Bunday Oʻroq uzun yogʻoch dastali boʻladi. Oʻroq dastlab neolit davrida paydo boʻlgan (yogʻoch, suyakka tigʻli tosh qadab tayyorlangan). Eneolit davrida butunlay toshdan ishlangan. Jez davrida metalldan tayyorlangan, ilk temir davridan boshlab temirdan ishlana boshlagan. Oʻroq uzoq asrlar mobaynida asosiy q. x. qurollaridan biri boʻlib keldi. Texnika taraqqiyoti tufayli Oʻroq m a shinalari paydo boʻldi. Ammo dastaki Oʻroq turi hali ham keng ishlatiladi. Oʻroq mashinasi q. x. ekinlarini, beda yoki oʻtni oʻrib, kombaynning ishchi organiga yetkazib berish (kombaynlarda) yoki ularni bogʻbogʻ qilib dalaga yoyib ketish (alohida oʻt oʻrgichlarda) uchun moʻljallanadi. Asosiy ish organlari: qirqish yoki yulish apparati, motovilo (parraksimon aylanuvchi qism), transportyor. Oʻ. mashinasi traktorlar, kombaynlar yoki oʻziyurar shassilar bilan agregatlab ishlatiladi. Mas, «Oʻzqishloqxoʻjalikmashxolding» kompaniyasida ishlab chiqarilgan «Umid» kir 1,5 G rusumli oʻrishmaydalash mashinasi oʻtni oʻrib, maydalab va transportga ortib boradi. Bu mashina quvvati 40—70 kVt li traktorlar bilan agregatlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x