OʻNHAYOT

OʻNHAYOTNamangan viloyati Uychi tumanidagi shaharcha. 1989 yil 30-oktyabrda tashkil qilingan. Aholisi 14 ming kishi (2005). Shaharchada «Ipakchi» aksiyadorlik jamiyati, sanoat, savdo korxonalari, xususiy doʻkonlar, gʻisht z-di, kichik korxonalar, xususiy firmalar faoliyat koʻrsatadi.

3 umumiy taʼlim maktabi (3,5 ming oʻquvchi), sport maktabi, stadion, kutubxona, madaniyat saroyi, «Ovchibuloq» ziyoratgohi bor. Kdshloq vrachlik ambulatoriyasi, xususiy shifoxona aholiga xizmat koʻrsatadi. Oʻnhayot yonidan NamanganUchqoʻrgʻon avtomagistrali oʻtadi. Mashad mozor masjidi, Oʻrta masjid meʼmogjy yodgorliklari saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x