OʻLCHOVLAR METRIK TIZIMI

OʻLCHOVLAR METRIK TIZIMI, oʻlchovlarning oʻnlik tizimi — uzunlik birligi uchun metr asos qilib olingan fizik kattaliklar majmui. Dastlab, Oʻlchovlar metrik tizimiga, metrdan tashqari, yuza (kvadrat metr), hajm (kub metr), massa [kilogramm (4° dagi 1 dm3 suvning massasi) oʻlchovlari hamda litr, ar (yer yuzalarini oʻlchash uchun)] va tonna (1000 kg) ham kirar edi.

Oʻlchovlar metrik tizimi fransuz olimlari (J. Borda, M. J. Kondorse, P. Laplas, G. Monj va boshqalar)dan tuzilgan komissiya taklifiga koʻra, uzunlik birligi — metr uchun Parij geografik meridiani 1/4 uzunligining oʻn milliondan bir qismi qabul qilingan. Fransiyada Oʻlchovlar metrik tizimini joriy qilish haqidagi dekret 1795 yil 7-aprelda qabul qilinib, 1799-yilda platinadan metrning namunasi yasalgan. 1875-yil 17 ta mamlakat (shu jumladan, Rossiya ham) xalqaro bir xillikni taʼminlash va oʻlchovlar tizimini takomillashtirish maqsadida oʻlchovlar haqidagi shartnomaga qoʻl qoʻydi.

1899-yil 4-iyunda qabul qilingan qonun bilan Rossiyada Oʻlchovlar metrik tizimidan foydalanish (majburiy boʻlmagan holda) joriy qilindi. Bu qonun loyihasini S. N. Mendeleyev ishlab chiqqan. Sobiq SSSR da, shu jumladan, Oʻzbekistonda 1925-yil 24-iyuldan boshlab qonuniy tus oldi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x