OʻGʻUZLAR

OʻGʻUZLAR (arab. va fors. gʻuzlar, guzlar) — turkiyzabon qabilalarning 2 guruhi.

1) Toʻqquz Oʻgʻuzlar qabila ittifoqi; 8-asr urxunenisey yozuvlarida qayd etilgan. 7-asr boshida Turk xoqonligi tarkibida paydo boʻlgan. 744—45 yillarda Turk xoqonligi tormor etilgach, hoz. MXR hududida oʻz davlatlarini tuzgan uygʻurlar qabila ittifoqida yetakchi mavqega ega boʻlishgan. 840—866-yillarda qirgʻizlar tomonidan siqib chiqarilgan toʻqquz Oʻgʻuzlar hoz. Sinszyan va Gansu viloyatiga koʻchib oʻtishgan, Ganchjou davlati va Turfon davlatini (850—1250) barpo etganlar; bu yerda toʻqqiz Oʻgʻuzlar nomi uygʻur etnonimi bilan almashgan.

2) 9—11-asrlarda Orol va Kaspiy dengizi boʻylaridagi koʻchmanchi va yarim oʻtroq qabilalar ittifoqi (gʻuzlar); Yangikent Oʻ. yabgʻusi qarorgohi boʻlgan. 11-asrning 50—60-y. larida Oʻgʻuzlarning bir qismi Yaroslav Mudriyning oʻgʻillari tomonidan tormor qilinib, Kiyev knyazlarining vassallari sifatida Ros daryosi boʻylariga joylashganlar; Sirdaryo Oʻ. ining boshqa qismi 10—11-asrboshida Buxoro va Xuroson yerlari tomon siljiganlar. 1040-yildan soʻng saljuqiylar bosh boʻlgan Oʻgʻuzlar Gʻarbiy Osiyo mamlakatlarini bosib olganlar. 11 — 13-asrlarda Oʻgʻuzlar etnonimi Oʻrta Osiyo va Eronda turkman, Yaqin Sharqda esa turk etnonimi bilan almashgan. Oʻgʻuzlar turkman, ozarbayjon, turk hamda gagauz va qoraqalpoqlar etnogenezida muhim rol oʻynagan. Oʻgʻuzlarning epik asarlari («Kitobi dadam Qoʻrqut», «Oʻgʻuznoma») saqlanib qolgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x