OʻT OʻCHIRISH TEXNIKASI

OʻT OʻCHIRISH TEXNIKASI — odamlar, binolar va tabiat boyliklarini yoneindai saqlash uchun ishlatiladigan maxsus texnika uskunalari: oʻt oʻchirish mashinalari, poyezdlar, kemalar, samolyotlar va vertolyotlar, oʻt oʻchirish vositalaridan iborat. Yongʻin signalizatsiyasi vositalari, oʻt oʻchirgichlar, oʻt oʻchirish gidrantlari va boshqalar oʻt oʻchirish jihozlari ham Oʻt oʻchirish texnikasiga kiradi.

Oʻt oʻchirish texnikasi yaratishga urinish tarixi juda qadimgi davrga borib taqaladi. Mil. av. yunon mexanik-ixtirochisi Ktesibiy «suvni yuqoriga irgʻita oladigan» mashinani loyihalagan, lekin amalda uncha qoʻllanilmagan. 16-asrga kelib nemis ixtirochisi Anton Platner suv oqimini 6—8 m gacha yetkaza oladigan dastaki oʻt oʻchirish nasosini yaratdi. Bugʻ mashinasi ixtiro qilinganidan soʻng (1829) nasosni bugʻ harakatga keltiradigan oʻt oʻchirish qurilmasi yaratildi. Uni yongʻin chiqqan joyga ot sudrab borgan. Keyinchalik (19-asr oxirida) ichki yonuv dvigatelpi oʻt oʻchirish mashinasi paydo boʻldi. Oʻt oʻchirish nasosi, narvoni va suv sisternasini ham oʻz ichiga olgan oʻt oʻchirish mashinasi 20-asr boshida Germaniyada, keyinroq Rossiyada ishlab chiqarila boshladi. Bunday oʻt oʻchirish mashinalari takomillashtira borildi. Oʻt oʻchirish avtotsisternalari, avtonasoslar, nasos st-yalari, maxsus xizmat avtomobillari, suvkoʻpik sepish apparatlari va boshqalar oʻt oʻchirish vositalari yaratilib, sanoat miqyosida koʻplab ishlab chiqarila boshladi. Portlar, neft idishlari saqlanaditan omborlar, t. y. uzellari, dengiz neft konlari, oʻrmonlar va torf qazish korxonalarida oʻt oʻchirish uchun moʻljallangan texnika yaratildi.

Oʻt oʻchirish mashinalari, asosiy, maxsus va yordamchi turlarga boʻlinadi. Asosiylariga avtotsisternalar, nasosshlangli va avtonasoslar, nasos styalari, gazsuvli, havokoʻpikli va kukunli, aerodromda ishlatiladigan oʻt oʻchirish mashinalari kiradi. Ularning asosiy vazifasi oʻt oʻchirish vositalarini yongʻin chiqqan joyga yetkazishdir. Maxsuslarga texnik xizmat koʻrsatish, aloqa oʻrnatish, taxlama avtonarvon va boshqalar mashinalar kiradi. Texnik xizmat koʻrsatuvchi mashina oʻt tushgan joyga muhim uskunalarni olib borish; binoni buzish va qulagan qismlarini ajratish, devor va ora yopmalarni teshish ishlarini bajaradi; shikastlangan kishilarni tashish uchun xizmat qiladi. Yo r d a m ch i mashinalar kuchli yongʻin boʻlganda oʻt oʻchirish texnikasining uzluksiz ishlashini taʼminlaydi. Ulardan yongʻinga qarshi tashviqot ishlari olib borishda ham foydalaniladi. Barcha oʻt oʻchirish mashinalari qizil rangga boʻyaladi va «sirena» tovush signali bilan jihozlanadi.

Oʻt oʻchirish texnikasining eng keng tarqalgani dastaki oʻt oʻchirgichdir. U toʻxtatishchiqarish qurilmasi va oʻt oʻchirish moddasining oqimini hosil qiluvchi uchligi boʻlgan 1 — 100 dmʻ sigʻimli silindrik idishdan iborat. Bular ishxonalar, mashinalar va hatto xonadonlarda doimiy saqlanishi kerak.

Keng koʻlamdagi yongʻinni (mas, oʻrmonlar, torfzorlardagi yongʻinni) oʻchirish uchun samolyot va vertolyotlardan, dengizga toʻkilgan neft bilan bogʻliq yongʻinni oʻchirish uchun kemalardan foydalaniladi. Oʻt oʻchirish moddalari sifatida uglerod (1U)oksid, kimyoviy va havo mexanik koʻpiklar, galloidlashgan uglevodorodlar (etil bromid, freon), kukun, suv ishlatiladi. Uglerod (1U)oksid oʻt oʻchirgich ichida suyuq holatda boʻlib, u diffuzor shaklidagi uchlikdan otilib chiqayotganda gaz va qattiq (qor shaklida) holatda aylanadi. Kimyoviy koʻpik oʻt oʻchirgich ichida uchlikka kirish oldidan ishqoriy (№NS03 asosida) va kislotali (N2804 asosida) eritmalarning oʻzaro reaksiyaga kirishishi natijasida hosil boʻladi. Koʻpik hajmining eritma hajmiga nisbati 4—6 boʻladi. Gazneft fontanlardagi yongʻinni oʻchirishda turboreaktiv dvigatelidan ishlaydigan (gaz va suv bugʻi aralashmasi bilan oʻchiradigan) qurilmalar qoʻllaniladi. Aerodrom, neftni qayta ishlash korxonalari, kimyo sanoatida xavfsizlikni taʼminlash maqsadida galloidlashgan uglevodorodlar, inert gazlar, kukunlar, koʻpik tarkibli oʻt oʻchirgichlar asosida ishlatiladigan oʻt oʻchirish qurilmalari ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x