Oʻqishni koʻchirish

Oʻqishni koʻchirish

2021/2022 oʻquv yili uchun talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash boʻyicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali roʻyxatdan oʻtkazilmoqda:

➡️ respublika OTMaro yoki bir OTM doirasida koʻchirish, qayta tiklash boʻyicha arizalar – transfer.edu.uz;

➡️ xorijiy mamlakatlardagi hamda Oʻzbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMdan respublika OTMga koʻchirish boʻyicha arizalar – transfer.dtm.uz.

❗️Ayrim talabalar xorijiy yoki nodavlat OTMdan oʻqishini koʻchirish boʻyicha (adashgan holda) transfer.edu.uz elektron tizim orqali roʻyxatdan oʻtishganligi aniqlanmoqda. Ushbu toifadagi arizalar qabul qilinmasligini eslatib oʻtamiz.

⚠️ Shunga koʻra, oʻqishini xorijiy va nodavlat OTMdan respublika OTMga koʻchirish istagida boʻlgan talabalardan transfer.dtm.uz elektron tizim orqali roʻyxatdan oʻtishi hamda arizasi holatini doimiy kuzatib borishini, zaruratga koʻra qayta roʻyxatdan oʻtishlarini soʻraymiz.

❗️Unutmang, roʻyxatdan oʻtishning soʻnggi kuni 2021 yil 5 avgust (shu kuni ham).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x