NYURNBERG

NYURNBERG — Germaniyadagi shahar, Bavariya yerida. Pegnis daryosi va Lyudvig kanali boʻyida. Transport yoʻllarining muhim tuguni. Aholisi 486,4 ming kishi (1999). Mamlakatning yirik sanoat markazlaridan. Aeroport bor. Mayn-Dunay kanalidagi port. Elektrotexnika, stanoksozlik, anik, mexanika, kimyo, toʻqimachilik, koʻn-teri, oziqovqat, yogʻochsozlik, poligrafiya sanoati rivojlangan. Amaliy texnika va tasviriy sanʼat akademiyalari, un-t, i. t. markazlari, opera va drama teatrlari, muzeylar (jumladan, oʻyinchoklar muzeyi) bor. Meʼmoriy yod-gorliklar sakdangan. Metropoliten qurilgan.

Nyurnberg qoʻlyozmalarda 1050-y. dan tilga olingan. 1219-y. dan erkin shahar. 14— 15-a. larda hunarmandchilik va savdoning yirik markazi. 1806-y. dan Bavariya qirolligi tarkibida. 1945-46 y. larda Nyurnbergda Xalqaro harbiy tribunal 2-jahon urushining bosh aybdorlari ishi yuzasidan sud jarayoni oʻtkazgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x