«NYU-YORK TAYMS» («NewYork Times» — «Nyu-York vaqti») — AQSHning yirik kundalik gazetasi. Nyu-Yorkda chop etiladi. 1951-y. da asos solingan. Dastlab 4 sahifali nashr koʻrinishida boʻlgan. 1997-y. 15-iyundan rangli tarzda chop etila boshladi. 2000-y. sentyabrida «N.-Y. t.» od-diy ish kunlari 1,1 mln., yakshanba kunlari 1,7 mln. nusxada chop etilgan. Yirik monopolistik kapital manfa-atlarini aks ettiradi. AQSHning eng nufuzli, maʼlumot-axborotlarga boy gaz. laridan. Rasman mustaqil deb hisoblansada, asosan, Demokratlar partiyasini qoʻllab quvvatlaydi. Parij va Lima (Peru)da ham chop etiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые