NURMUHAMEDOV Marat Koptileuvich

NURMUHAMEDOV Marat Koptileuvich (1930.6.1, Qoraqalpogʻiston, Toʻrtkoʻl sh. — 1986.21.6, Turkiya; Nukusda dafn etilgan) — qoraqalpoq adabiyotshunosi. Oʻzbekiston FA akad. (1974). Oʻzbekistonda (1980) va Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973). Filol. fanlari d-ri (1965), prof. (1968), Koraqalpo-gʻiston ped. in-ti rus tili va adabi-yoti f-tini tugatgan (1950). Oʻzbekiston FA Qoraqalpogʻiston boʻlimining Iqtisodiyot va mada-niyat in-tida katta ilmiy xodim, boʻlim mudiri, direktor oʻrinbosari (1953—59), Oʻzbekiston FA Qoraqalpogʻiston boʻlimi raisi (1959—61). «Amudaryo» jur. bosh muharriri (1957 — 58), Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyush-masi raisi (1958—59). Oʻzbekiston FA Tarix, tilshunoslik va adabiyotshunoslik boʻlimi akad.-kotibi (1966—74, 1979—80). Oʻzbekiston FA Til va adabiyot in-ti direktori (1974). Oʻzbekiston FA vitse-prezidenti (1974—79). Qoraqalpogʻiston Oliy Kengashi Pre-zidiumi raisi oʻrinbosari (1980—83), Nukus un-ti rektori (1983— 85). Asosiy ilmiy ishlari qoraqalpoq pro-zasining rivojlanish yoʻllari mavzusida. Oʻrta maktablar (9 — 10sinflar) uchun adabiyotdan darslik, oʻquv dasturlari tuzgan. «Koraqalpoqlar» (tarixiyetnografik ocherk) kitobi (T. A. Jdanko, S. K. Kamolovlar bilan hamkorlikda, 1971) mualliflaridan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston (1983) hamda Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofotlari laureata (1970).

As: Dovoyennaya karakalpakskaya proza, Nukus, 1959; Qoraqalpoq adabiyoti tarixi, T., 1962; Hozirgi zamon qoraqalpoq prozasi, T., 1968; O zarojdenii pismennoy literaturы poluosedlыx i kochevыx tyurkoyazыchnыx narodov Sredney Azii i Kazaxstana, T., 1970; Iz istorii russko-karakalpakskix svyazey, T., 1974.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x