NURIDDINOV Zuhriddin Rasulevich

NURIDDINOV Zuhriddin Rasulevich (1918.18.3-Toshkent-1988.22.11) – tarixchi olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1974). Tarix fanlari d-ri (1966), prof. (1964). 2-jahon urush qatnashchisi (1941—45). OʻzDUningtarixf-tini tugatgach (1939), Toshkent pedagogika in-tida oʻqituvchi, dotsent (1952), umumiy tarix ka-fedrasi prof. (1964), kafedra mudiri (1966), shu in-t rektori (1971—76), 1976-y. dan kafedra mudiri, 1982—88 y. larda prof. maslahatchi. Ilmiy fao-liyati Gʻarb mamlakatlarining eng yangi tarixi, tarixshunosligiga oid. Nuriddinov Markaziy Osiyo hududida birinchi boʻlib Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari uchun oʻzbek tilida «Gʻarb mamlakatlarining eng yangi tarixi (1917—71)» dareligi hamda «Gʻarb mamlakatlari eng yangi tarixining tarixshunosligi (1917—39)» oʻquv qoʻllanmasi muallifi. Toshkent sh. dagi koʻchalardan biri Nuriddinov nomi bilan atalgan (1990).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x