Nuriddin Hamroqulov — Ajab sirlar

Ajab sirlar, ajab sirlar,
Ajab sirlar bormish subhi-saboda,
Umr aks etarmish oqar daryoda,
Oqar daryoda.

Umid yulduzlari porlar samoda,
Men baxtim topgayman qay dilraboda,
Qay dilraboda?
Bizning ham sevguvchi bordir dunyoda.

Oshiqlar orzusi o’xshash bo’larmish,
Taqdir bir-biriga tutash bo’larmish, (x2)
Ko’ngillarda o’chmas otash bo’larmish,
A’lo bo’lar emish ahdu-vafoda, ahdu-vafoda,
Bizning ham sevguvchi bordir dunyoda.

Inson iqbol uchun, baxt uchun yashar,
Mehrga intilsang, sevsang yarashar. (x2)
Bu kun o’tli shaydo ko’zlar uchrashar,
Murodim kularmi o’shal barnoda, o’shal barnoda?
Bizning ham sevguvchi bordir dunyoda.

Ajab sirlar, ajab sirlar,
Ajab sirlar bormish subhi-saboda,
Umr aks etarmish oqar daryoda,
Oqar daryoda.

Oqar daryoda, oqar daryoda…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x