NURALIYEV

NURALIYEV Oʻrinboy (1942.25.9, Namangan viloyati Beshkapa qishlogʻi) — aktyor, xonanda, rej. Oʻzbekiston xalq artisti (1991). Andijon pedagogika in-ti (1970), Toshkent teatr va rassomlik sanʼat in-tini (1979) tugatgan. Namangan teatrida (1958—60, 1977 — 91), Andijon teatrida (1961—77) aktyor. 1991—92 y. lar Namangan teatri, 1992-y. dan Madaniyat boshqarmasiga qarashli Xalq ijodi uyi (Namangan) direktori. N. Farhod, Majnun (Xurshid, «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun»), Xaydar (K. Yashin, «Nurxon»), Navoiy (Uygʻun, I. Sulton, «Navoiy»), Ibn Sino, Umar Xayyom (A. Shalomayev, «Ibn Sino», «Umar Xayyom»), Zokirxoʻ-ja (T. Malik, «Soʻnggi oʻq») kabi mil-liy dramaturgiya asarlarida yaratgan ob-razlari bilan oʻzbek teatri tarixidan munosib oʻrin oldi. Uning ijodi kuchli dramatizmi, sahna harakatlarining anikligi, obrazlaridagi koʻtarinkilik, joʻshqinlik, soddalik, olijanobligi bilan ajralib turadi. Nuraliyev xonanda sifatida «Onaginam», «Soʻramaysiz», «Siz yaxshi odamlar», «Koʻcha bogʻi-2», «Bayot-2», «Quyosh» kabi qoʻshiklari bilan tanilgan. Rej. sifatida «Chimildiq» (E. Xushvaqtov) kabi spektakllarni saqnalashtirgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x