NURA

NURA, Keregetas, Qarashoʻqi, Baygʻoʻja — Qozogʻiston Respublikasining Qaragʻanda va Okmoʻla viloyatlaridagi dare. Qarqarali togʻlari etagidan boshlanadi va shim., shimoli-gʻarbga oqib borib Tengiz koʻliga quyiladi. Uz. 978 km, havzasining mayd. 60,8 ming km2. Toʻlib oqqan davrlarda Nuraning anchagina suvi Muxor tarmogʻi orqali Ishim daryosiga quyiladi. Oʻrtacha yillik suv sarfi quyilish joyidan 369 km da 19,5 mʻ/ sek. Asosan, qor suvlaridan toʻyinadi. Bir oycha (asosan, aprel oyida) toʻlibtoshib, qolgan vaqtlarda esa jildirab oqadi. Noyab. da muzlab apr. da muzdan boʻshaydi. N. Qaragʻanda va Temirtovni suv bilan taʼminlashda muhim ahamiyatga ega. Nurada suv omborlari qurilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x