NUR SAIDBEK

NUR SAIDBEK (? – 1467) – temuriylardan Ulugʻbek va Abu Sayd mirzolarning nufuzli amirlaridan biri. Amir Temur, Shohrux va Ulugʻbekning amirlaridan boʻlgan Shohmalikning oʻgʻli, mashhur tarixchi, «Shayboniynoma» asari muallifi Muhammad Solihnpng otasi. Bilqut qabilasidan. Dastlab, N. S. Ulugʻbek xizmatida boʻlib, uning oʻli-midan soʻng (1449), boshqa chigʻatoy beklari qatori padarkush Abdullatifga, soʻngra temuriylarning yangi hukmdori Abu Saidga (1451—60 y. larda hukm-ronlik qilgan) boʻysunishdan bosh tortgan. N. S. Buxoroning Hyp qishlogʻi yaqinidagi togʻlarni maskan tutib, Samarqand va Buxoro atroflariga chop-qunlar qilib turgan. Uni murosaga keltirish uchun Abu Sayd bir necha marta oʻz vakillarini, jumladan Xoja Ahrorni yuborgan. Biroq Nur Saidbek ularga boʻysu-nishdan voz kechgach, Samarqand qoʻshinlari uni Nurdan quvib yuborgan. Nur Saidbek qisqa fursatdan soʻng Abu Sayd huzu-riga bosh egib kelgach, afv qilinib, tumanboshi etib tayinlangan. 1460-y. N. S. qoʻshini Xorazm orqali Xurosonga bostirib kirgan Husayn Boyqaroga qarshi yuborilgan. Biroq Sabzavor yoʻlida u Movarounnahrga qaytib, Shohruxiya yaqinida Abu Saidga qarshi isyon koʻtargan Muhammad Joʻgiy (Ulugʻbekning nabirasi) bilan qoʻshilgan. Mu-xammad Joʻgiy koʻchmanchilar yordamida Turkiston, Sayram, Toshkent va Shoh-ruxiyani egallab olgan edi. 1462-y. gacha Nur Saidbek uning xizmatida boʻlgan. Abu Sayd faqat Xoʻja Ahrorning yordamidagina Shoxruhiyani egallab (1462-y. 5 okt.), isyonni bostirgan. Afv etilgan amir N. S. Xorazm hokimi (voliysi) etib tayinlangan. Husayn Boyqaro Dashti Qipchokdan Xorazmga bostirib kirganda Nur Saidbek viloyatni mudofaa etishda koʻp xatoliklarga yoʻl qoʻygan. Natijada taxtdan tushirilib, Hirotga chaqirtirilgan va qatl etilgan. Muhammad So-lihning soʻziga koʻra esa Nur Saidbek birmuncha payt Marvda yashagan va Husayn Boy-qaro farmoniga koʻra shu yerda qatl qilingan.

Ad.: Bartold V. V., Sochineniya, t. II (2), M., 1964; Axmedov B. A., Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii XIV—XVIII vv. Pismennыye pamyatniki, T., 1985.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x