NUR BILAN DAVOLASH

NUR BILAN DAVOLASH, nurterapiyasi — ionlovchi nurlar (alfa, beta, neytron, elektron, proton zarralar xamda rentgen va gamma nurlar)dan davo maqsadida foydala-nish; har xil oʻsmalar va baʼzi yalligʻlanish jarayonlarini davolashda keng qoʻllanadi.

Nur bilan davolash bilan d. ionlovchi nurlarning biologik taʼsir koʻrsatishiga asoslangan. Bunda nurlar toʻqimalar bilan oʻzaro taʼsirlashib, ularda ionlanish hamda murakkab fizik-kimyoviy va biokimyoviy jarayonlarni yuzaga keltirib, nurlantirilgan toʻqimalarning hayot faoliya-tini izdan chiqaradi. Ionlovchi nurlar xavfli oʻsma toʻqimalariga sogʻ toʻqi-malarga qaraganda koʻproq taʼsir qila-di; oʻsmalarni Nur bilan davolash bilan d. da uning ana shu xususiyati nazarda tutiladi. Nur bilan davolash bilan d. mustaqil yoki davo usullari bilan birga olib boriladi. Nur bilan davolash bilan d. xirurgik davo usullari bilan birga olib boriladigan boʻlsa, nur operatsiyadan oldin yoki keyin beriladi. Hoz. koʻpchilik mamlakatlarda onkologik bemorlarning 70% i nur bilan davolanadi. Oʻsmalarga nur berilganda avval hujayralar boʻlinishi va koʻpayishi sekinlashadi, keyin toʻliq toʻxtaydi. Lekin oʻsma hujayralarining bir qismi doimo tirik qoladi. Bu juda xavfli, chunki ularning bir qismi — retsidiv (qaytalangan) oʻsmaga, boshqasi — metastaz (ikkilamchi) oʻsmaga aylanadi. Hujayralarning omon qolishi, atrof muhitning turli omillari taʼsirida paydo qilingan zararlarni bartaraf qiladigan (reparatsiyalovchi) fermentli sistema bilan taʼminlanganidadir. Bu sistema yaxshi ishlasa, shikastlangan hujayraning faoliyati toʻlik, tiklanadi. Har bir hujayraning umrida nurga nisba-tan yuqori va past sezgirlik davri boʻladi. Agar ionlovchi nur hujayraning yuqori sezgirlik paytida taʼsir etsa, u qattiq shikastlanadi, sezgirlik past vaqtida boʻlsa, faoliyati uncha oʻzgarmaydi. Koʻpgina tadqiqotlarda koʻrsatilishicha, oʻsma hujayrasining nur bilan za-rarlanish darajasi undagi kislorod miqdoriga bogʻliq: kislorod koʻp boʻlsa, nur taʼsiri kuchli, kam boʻlsa, aksincha. Shuning uchun kislorodga boy oʻsma hujayralari nobud boʻladi, siyrak boʻlsa, omon qoladi.

Klinik amaliyotda Nur bilan davolash bilan d. rejasi oʻsma paydo boʻlgan normal toʻqimaning nurga sezgirligiga va oʻsma hujayralarining morfologik yetukligi darajasiga asoslanadi: limfoid toʻqimadan oʻsib chiqqan sarkomalar biriktiruvchi toʻqima oʻsmalariga nisbatan nurga oʻta taʼsirchan, hazm yoʻli oʻsmalari — nurga chidamli.

Oʻsmalarni Nur bilan davolash bilan d. da, asosan, ikki nur manbai: zaryadlangan zarralar tezlatkichlari (rentgen asboblar, siklik va chizikli tezlatkichlar) va sunʼiy radioaktiv moddalar (gamma-moslamalar, radioaktiv moddalar)dan foydalaniladi. Nur bilan davolash bilan d. ning organizmga tashqi (di-stansion va kontakt usullar) va ichidan nur taʼsir ettirish (nur chiqaruvchi manba bemor organizmiga kiritiladi) yoʻli bilan amalga oshiriladi. Amaliyotda koʻproq tashqi nurlash qoʻllaniladi.

Oʻsmalarni Nur bilan davolash bilan d. da ularni toʻliq yemirish uchun ionlovchi nurlarning katta dozasini qoʻllashga toʻgʻri kela-di: bunda nur reaksiyalari (nurga nisbatan organizmning mahalliy va umumiy reaksiyalari) kuzatiladi, bunda darhol vrachga murojaat qilish zarur. Nur bilan davolash bilan d. ning samarali boʻlishi bemorning vrach koʻrsatmalariga rioya qilishiga bogʻlik,.

Narimon Murodxoʻjayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x