NUMIZMATIKA

NUMIZMATIKA (lot. numisma — tan-ga) — tangalar haqidagi fan; tangalarning tasvirlari, yezuvlari, ogʻirligi, kanday metalldan yasalganligi, pul muomalasidagi darajasi va tanga zarb qilinish tarixini oʻrganadi. Numizmatika xronologiya, moddiy madaniyat, ichki va tashqi savdo tarixi masalalarini tekshirishga imkon beradi, tarix, arxeologiya, paleografiya, sanʼat tarixi, iqtisod, etnografiya fanlari uchun katta ahamiyatga ega. Numizmatika tushunchasiga yana qogʻoz pullarni oʻrganish (bonistika) va medal, jeton, orden hamda nishonlarni oʻrganish (faleristika) ham ki-radi. Metall pullar paydo boʻlgunga qadar pul vazifasini har xil tovarlar: hayvonlar, taqinchoklar, metall qurollar va quymalar bajargan. Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi, savdoning oʻsishi pulga boʻlgan ehtiyojni keltirib chiqargan. Faqat davlat boshliklarigina tanga chiqarish huquqiga ega boʻlgan. Birincha metall tangalar mil. av. 7-a. da Kichik Osiyoning Lidiya davlatida zarb qilingan.

Oʻrta Osiyoda birinchi tangalar (kumushdan) mil. av. 3-a. da chiqarilgan. Uning yuza qismi (aversi)ga podshoning surati, orqa tomoni (reversi)ga esa har xil xudolar, muqaddas hayvonlar tasviri solingan yoki podsholarning nomi yozilib, tamgʻasi tushirilgan.

Numizmatika numizmatik kolleksiyadan farq qiladi. Tangalarni kolleksiya kilish 14—15-a. larda Italiyada paydo boʻlgan. Ilmiy Numizmatika fani 18-a. ning 2-yarmida venalik Y. X. Ekkel tomonidan asoslangan.

Numizmatika shartli ravishda Antik davr, Vizantiya, Sharq (Osiyo va Afrika mamlakatlarida, shuningdek, Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Qrim, Volga boʻyida oʻrta asrlarda chiqarilgan tangalarni oʻz ichiga oladi), Gʻarb (Gʻarbiy Yevropa hamda AQSH, Kanada va Lotin Amerikasida chiqarilgan tangalar) va rus Numizmatika siga boʻlinadi.

Sharq Numizmatika siga X. D. Fren asos solgan. Oʻrta Osiyo davlatlari tangalarini oʻrganishda rus olimlari P. S. Savelyev, V. T. Tizengauzen, Ye. A. Davidovich, O. N. Smirnova, oʻzbekistonlik olimlardan M. Ye. Massoy, Sh. R. Pidayev, E. V. Rtveladze, T. S. Yernazarova, Ye. V. Zeymal, B. D. Kochnev, A. A. Musakayeva, I. T. Toʻxtiyev va b. ning hissasi katta.

Ad.: Smirnova O. I., Katalog monet s gorodiщa Pendjikent, M., 1963; Davidovich Ye. A., Istoriya monetnogo dela Sredney Azii XVII—XVIII vv., Dushanbe, 1964; Yernazarova T. S, Denejnoye obraщyeniye Samarqanda po arxeologo-numizmaticheskim dannыm (do nach. IX v.). v sb. «Afresiab» . vыp. 3., T., 1974; Rtveladze E. V., Pidayev Sh . R., Katalog drevnix monet Yujnogo Uzbekistana, T., 1981; Numizmatika Uzbekistana, T., ,1990.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x