NUKUS PEDAGOGIKA INSTITUTI, Ajiniyoz Koʻsiboy oʻgʻli nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti — pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. 1943-y. Qoraqalpogʻiston davlat oʻqituvchilar in-ti (1934) negizida Qoraqal-pogʻiston ped. in-ti nomi b-n tashkil etilgan. Dastlab Toʻrtkoʻl va Chimboyda boʻlgan. 1945-y. dan Nukus sh. da. 1976-y. in-t Qoraqalpogʻiston universitetiga aylantirilganligi munosabati b-n u tugatildi. 1990-y. hoz. nomi bilan kayta tashkil etildi. 1993-y. dan Qoraqalpoq shoiri Ajiniyoz Koʻsiboy oʻgʻli nomi bilan atalgan. Institutda 11 f-t (qoraqalpoq tili va adabiyoti; tabiatshunoslik; filol. ; rus-ingliz filol. si; musiqa, tasviriy sanʼat va chizmachilik; tarixgeof. ; mat.-informatika; boshlangʻich taʼlim metodi-kasi,maktabgachatarbiya; muhandislik-ped. ; jismoniy tarbiya), sirtqi, maxsus sirtqi va magistratura boʻlimlari, 35 kafedra, 38 kabinet, 13 lab., 3 lingafon kabineti, 215 kompyuter sinfi, kichik bosmaxona,7 internet tarmogʻi, 2 elektron kutubxona, zamonaviy 2 sport zali, «Tu-ron» stadioni, 3 kutubxona, 4 qiroatxona, 4 ustaxona, oʻquv tajriba xoʻjaliklari, sogʻlomlashtirish lageri, «Toʻmaris» va «Ziuar» ansambllari bor. Kunduzgi boʻlimda 20, sirtqi boʻlimda 10, maxsus sirtqi boʻlimda 5 taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar va 3 mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlanadi. 1993-y. dan aspirantura mavjud. 2002/03 oʻquv yili in-tda 4906 talaba taʼlim oldi, 431 oʻqituvchi, jumladan, 1 Oʻzbekiston FAning akademigi, 17 fan d-ri va prof., 111 fan nomzodi va dotsent ishladi. Turli yoʻnalishlarda i. t. ishlari olib boriladi. Xorijiy davlatlar va MDH mamlakatlarining oliy taʼlim muassasalari bilan ilmiy-pedagogik hamkorlik qiladi. Tashkil boʻlgandan beri in-t 20 mingdan optiq mutaxassis tayyorladi (2003).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые