Nujakat


Post Views:
40

NUJAKAT, Nujkat, Unjakat – o‘rta asrlarga oid Choch shahri (9-17-asrlar). Arab geograflari (10-asr) asarlarida Sirdaryo va Chirchiq daryolari kechuvida, shuningdek, So‘g‘ddan va Banokatdan keluvchi savdo yo‘lida joylashgan shaharlar ro‘yxatida qayd etilgan. Uning xarobalari hozirda Chirchiq daryosining quyilish yerida, daryoning chap sohilida, Gul qishlog‘ida joylashgan O‘jakent shahar xarobasi nomi bilan mashhur. 1971-72 yillarda Yu.F.Buryakov tadqiq etib, uni Nujakat o‘rnida bo‘lganini qayd etgan. Kvadrat shakldagi shahar xarobasi (maydoni 24 gektar), to‘g‘ri to‘rtburchak (55×55 m) ark, shahriston (230×270 m) va janub hamda g‘arbdan yondoshgan raboddan iborat. Ark ichki yo‘lakli qo‘sh qavat mudofaa devori bilan o‘ralgan. Shahriston va rabod paxsa devor bilan muhofazalangan. Topilmalarga ko‘ra, shahar 9-asrda Sirdaryo va Chirchiq daryolari kechuvida muhim savdo maskani sifatida vujudga kelgan.

Sharq manbalari Nujakatni Xashart (Sirdaryo) va Farak (Chirchiq)da ishlovchi qayiqchilar shahri sifatida qayd etgan. Kechuv va shahar 13-asr boshida mo‘g‘ullar tomonidan vayron qilingan. Ammo shahar atrofidagi hayot 14-asrdan qayta jonlangan.

15-asrda Ujakat nomli qishloq Xoja Ahror mulklari tarkibiga kirgan, so‘ngra 17-asrgacha O‘ljakat nomi bilan, keyin Gul qishlog‘i deb atab kelinmoqda.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/nujakat-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x