NUH

NUH — Qurʼonda nomi zikr qilingan paygʻambarlardan biri. Qurʼonga koʻra, Alloh N. ni oʻz qavmiga paygʻambar qilib yuborgan. Nuh oʻz qavmi ichida uzoq umr koʻrdi, yaʼni 950 yil yashadi (Ankabut surasi, 14-oyat). Uturli ilohlarga, butlarga sigʻingan qavmini toʻgʻri yoʻlga boshlab, faqat Allohga ibodat qilishga daʼvat etdi. Lekin qavm uning soʻziga kirmadi, uni mas-xara qildi. Nuhning daʼvatiga hatto oʻzining xotini va farzandi ham ishon-madi. Shunda N. Alloxdan yordam berishni, kofirlarni jazolashni soʻradi (Shuaro surasi, 118—119-oyatlar). Alloh uning iltijosini qabul etib, Nuhga kema yasashni va barcha jonivorlardan bir juftdan olib kemaga joylashtirishni buyurdi. Keyin osmondan juda koʻp yomgʻir yogʻdirdi, yerning hamma tomonidan ham suv chiqartirdi. Osmon suvi bilan yer suvi qoʻshilib ulkan toʻfon pay-do boʻldi. Toʻfonda barcha kofirlar xdlok boʻldi, faqat kemadagilar sogʻ qoldilar. Toʻfon boshlanishidan oldin Nuhning farzandlaridan biri kemaga chiqmadi. Nuhning otalik mehri qoʻzgʻab, oʻgʻlini kemaga chiqishga undadi. Allohga kufr keltirgan farzand esa otasiga rad javob aytib imon keltirishdan yana bosh tortdi va toqqa chiqib jon saqlamoqchi boʻldi, lekin u ham halokatga uchradi (Hud surasi, 45—47-oyatlar). Suv pasaygandan keyin kema Ju-diy togʻi ustida toʻxtadi. Kema togʻ te-pasiga kelib toʻxtab, yer toʻfon suvini yutib bitirgach, Alloh Nuhni kemadan yerga tushishga buyurdi. Nuh va unga imon keltirgan kishilar kemadan tushishdi. Bu zamin Musil degan yurt edi. Qurʼonda Nuh qissasini bayon qiluvchi «Nuh» surasi bor.

Ad.: Paygʻambarlar qissasi, T., 1993.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x