NUEVOLEON

NUEVOLEON — Meksikaning shim.-sharqiy qismidagi shtat. Mayd. 64,5 ming km2. Aholisi 3,8 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Monterrey sh. Shtatning gʻarbiy va jan. qismini Meksika togʻligi, keng maydonlarni platolar egallagan. Iqlimi tropik, qishi quruq iklim. Oʻrtacha oylik t-ralar 15° dan 28° gacha. Yillik yogʻin 300—600 mm.

N.-L. — Meksikaning nisbatan rivojlangan shtatlaridan. Sanoati yetakchi oʻrinda (mamlakatda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotining 15%). Foydali qazilma konlariga boy. Sanoatining yetakchi tarmogʻi — qora va rangli metallurgiya. Metallsozlik va kimyo sanoatlari ham rivojlangan. Q. x. da chorvachilik yetakchi oʻrinda. Paxta ekiladi. Mevachilik rivojlangan. Sitrus mevalar plantatsiyalari bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x