Novza va Shahriston metro bekatlari nomlanishi to‘g‘risida


Post Views:
102

Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Geografik ob’yektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha shahar komissiyasi tomonidan Novza va Shahriston metro bekatlari nomlanishi to‘g‘risida tushuntirish berildi. Unda quyidagilar keltirilgan:

Novza — joyning tarixiy nomi hisoblanadi. Qadimda joydan o‘tadigan Bo‘zsuv kanali irmog‘iga to‘g‘on qurilib, balandlikdagi bo‘sh yotgan yerlarda bog‘-rog‘lar yaratilib, ekinzor dalalarga nov (to‘g‘on) orqali suv chiqarilgan. Shu munosabat bilan bu joy va uning yaqin-atrofdagi yerlar va mahalla «Novza», ya’ni nov orqali suv chiqarilib obod qilingan joy deb atalgan. Ayni paytda Chilonzor tumani hududida joylashgan ushbu hududda shu nomdagi mahalla, ko‘cha, bekat, savdo majmuasi va masjid bor.

Shahriston ham joyning tarixiy nomi hisoblanadi. Obod shahar ma’nosini anglatadi. Qadimda bog‘-rog‘ hududi bo‘lgan. Shahar aholisini meva va sabzavot ekinlarini bilan ta’minlashda muhim o‘rin tutgan. O‘tgan asrning birinchi yarmida bu joy shahar hududiga qo‘shilib, shaxsiy va ko‘p-qavatli turar joy binolari hamda ma’muriy inshootlar, keng va ravon yo‘llar bunyod etildi. Shahar aholisi orasida bu joy shu nom bilan ma’lum va mashhur. Joydagi metro bekatining loyihadagi nomi shu nom bilan yuritilgan. Ayni paytda Yunusubod tumanining markaziy hududida joylashgan ushbu hududda shu nomli chorraha, savdo majmuasi, bekat, mahalla va ko‘cha mavjud.

Ergash Ismatullayev

Manba

https://shosh.uz/uz/novza-va-shahriston-metro-bekatlari-nomlanishi-to-g-risida/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x