NOV

NOV — 1) kanal, jar, soy va yoʻllar ustidan suv oʻtkazish maqsadida quriladigan maxsus gidrotexnik inshoot (ensiz, qiya sunʼiy kanal, ariqcha). Ilgari charxpalakda chikarilgan suv Nov orqali ekinzorlarga yuborilgan. Nov Oʻzbekiston hududida qad. dan qoʻllanib kelingan. Asosan, yogʻoch va toshdan ishlangan (q. Joʻyi Arziz). Yogʻoch oqizish novi yogʻochlarni bittalab va koʻplab oqizish, gidroinshootdan oʻtkazish uchun moʻljallanadi. Baliq oʻtka-z i sh novi toʻsiqsiz va qarshi oqimli boʻladi. Tegirmon toshi va GES tur-binalarini aylantirish, mollarga suv berish va b. maqsadlarda ishlatiladigan Novlar ham bor (yana q. Akveduk);

2) okeanlar ostidagi koʻpincha uzun choʻzilgan chuqur botiqlar. Mas, Mariana novi, Yava novi va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x