NOTTINGEM

NOTTINGEM — Buyuk Britaniyaning markaziy qismidagi shahar, Nottingemshir grafligining maʼmuriy markazi. Trent daryosi boʻyida. Aholisi 282,4 ming kishi (1990-y. lar oxiri). Transport yoʻllarining yirik tuguni. Nottingem — mamlakatning yengil sanoat markazi. Toʻqimachilik (xususan, ip gazlama), tamaki, koʻn-poyabzal, oziq-ovqat, farmatsevtika sanoati korxonalari mavjud. Velosiped va mototsikllar ishlab chiqariladi. Nottingem yakinida koʻmir havzasi joylashgan. Un-t bor. 11 — 19-a. larda qurilgan meʼmoriy yodgorliklar saqlangan. Shahar 9-a. dan maʼlum.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x