Nosirxon To‘ra, Saidnosir Mirjalilov (Turkiston Muxtoriyati hukumati vazirlarining faoliyati va keyingi taqdiri, 4-qism)


Post Views:
99

Keyinchalik quyidagi kishilar Turkiston Muxtoriyati hukumati tarkibiga kiritildilar:

Nosirxon To‘ra [Nosirxonto‘ra Kamolxonto‘ra o‘g‘li] Turkistondagi istiqlolchilik harakatining g‘oyaviy rahbarlaridan biri, mashhur ulamo. Namanganda 1871 yili tug‘ilgan. Millati o‘zbek. U Buxoroda, so‘ngra Kobul, Dehli, Bag‘dod va Hijoz shaharlarida tahsil olgan. Turkistonga qaytgach, 1912 yili Namangan shahriga qozi bo‘lgan. 1913 yildan boshlab jadidchilik harakatida faol qatnashgan. “Sho‘roi Islomiya” tashkilotining Namangan shu’basi rahbari, Namangan shahar Dumasi a’zosi (1917). Butunturkiston musulmonlari favqulodda IV qurultoyini 1917 yil 26 28 noyabrda Qo‘qon shahrida o‘tkazishda jonbozlik ko‘rsatdi. U 1917 yil dekabrda Turkiston Muxtoriyati hukumati tarkibiga maorif vaziri sifatida kiritildi. 1918 yil fevralda muxtoriyat hukumati bol’sheviklar tomonidan ag‘darilgach, Mustafo Cho‘qayning yozishicha, Nosirxon To‘ra Namanganda bol’sheviklar qo‘liga tushadi. Amnistiya tufayli ozod bo‘lgach, u bir yil mobaynida yashirin hayot kechirgan. U 1919 yili Kosonsoyda “Milliy ittihod” tashkiloti yacheykasini tashkil qilgan. Sovet rejimi tomonidan bir necha marta qamoqqa olinadi. Orenburgda surgunda bo‘lgan (1925 1928). Surgundan qaytgach, mavjud tuzumga qarshi faol kurashni davom ettirgan. OGPU maxsus uchligining 1930 yil 27 noyabrdagi yig‘ilishida 5054ish, ya’ni Nosirxon To‘ra ishi ko‘rib chiqilgan hamda u otishga hukm qilingan. U bilan birga yana ko‘plab kishilarga o‘lim jazosi berilgan. Ayrim manbalarda ko‘rsatilishicha, qatag‘on qilingan Nosirxon To‘ra 1935 yil 27 sentyabrda qamoqda vafot etgan. Uning “Tarixi Turkiston”, “Orenburg maktublari” esdaligi va boshqa asarlari mavjud.

Saidnosir Mirjalilov ma’rifatparvar va jamoat arbobi. Turkiston shahrida 1884 yili tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Dehqonchilik va savdo ishlari bilan shug‘ullanib, Turkistonning yirik sarmoyadorlaridan biriga aylangan. Turkistonda paxta tozalash zavodi qurib, jadid maktabini ochgan (1914). Davlat Dumasi musulmon shu’basining Peterburgda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida qatnashgan (1914). U 1917 yili Toshkentga ko‘chib kelgan va shahar Dumasiga a’zo bo‘lgan. “Sho‘roi Islom” tashkilotining a’zosi sifatida Turkiston Muxtoriyati hukumatining 1917 yil noyabrda tashkil etilishida faol qatnashgan va hukumatning xazinachisi bo‘lgan.

Muxtoriya hukumati bol’sheviklar tomonidan ag‘darib tashlangach, S.Mirjalilov avval Samara va Tiflisga boradi, so‘ngra bir muddat Turkiyada yashaydi. U 1921 yilda Toshkentga qaytib, “Turkiston” savdosanoat shirkatini tashkil qilib, undan tushgan daromad hisobiga “Milliy ittihod” tashkilotini qo‘llabqo‘vvatlagan hamda Germaniyaga o‘qishga yuborilgan ayrim talabalarni nafaqa bilan ta’minlagan va ularga moddiy yordam ko‘rsatgan. U “Nashri maorif” ma’rifiy tashkiloti va “Ko‘mak” jamiyatining asoschilaridan biri (1923 1925). U sovet rejimi tomonidan bir necha marta (1925, 1932, 1937) qamoqqa olingan. Solovesk orolidagi qamoqxonaga tashlangan (1925 1928). S. Mirjalilov 1937 yil 21 iyulda Toshkentda oxirgi marta qamoqqa olinib, 1937 yil 9 oktyabrda otib tashlangan. O‘limidan so‘ng oqlangan.

S. Mirjalilovning qizi Zarifa Saidnosirova (1908 1986) kimyogar olima, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1968) hamda birinchi o‘zbek ayol rassomi bo‘lib, u taniqli yozuvchi Oybekning rafiqasidir.

Kichik Ergash [Kichkina Ergash] (1885 1918) taniqli qo‘rboshi, Turkiston Muxtoriyati hukumati rahbarlaridan biri. Qo‘qon yaqinidagi Bachqir qishlog‘ida 1885 yilda tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Uning bo‘yi past bo‘lganligi uchun shunday deyilgan. U 1910 1917 yillarda Rossiya imperiyasi hukmronligiga qarshi bir guruh yigitlari bilan kurash olib borgan. Bu orada 1913 1915 yillarda qamoqxona va surgunda ham bo‘lgan. Turkiston Muxtoriyati hukumati e’lon qilingach, Kichik Ergash Qo‘qon shahri mirshablari boshlig‘i lavozimini oladi hamda unga qo‘rboshi unvoni beriladi. Muxtoriyat hukumatining so‘nggi kunlarida, ya’ni 1918 yil 18 22 fevralda u amalda Turkiston Muxtoriyati hukumatini boshqardi va uning harbiy kuchlariga qo‘mondonlik qiladi. Qo‘qondan jang bilan Bachqir qishlog‘iga chekingan Kichik Ergash qo‘rboshi 1918 yil 27 fevralda qizil gvardiyachilar va arman dashnoqlari bilan bo‘lgan to‘qnashuvlarning birida o‘ldiriladi.

Biroq sovet hokimiyati yillarida e’lon qilingan turli kitoblarda Kichkina Ergash noto‘g‘ri ravishda “o‘g‘ri va qaroqchi” sifatida ko‘rsatiladi. Masalan, qo‘qonlik sovet jurnalisti va yozuvchisi o‘zining Turkiston Muxtoriyati hukumati faoliyati yoritilgan “Huquq” tarixiy romanida keltirishicha, “Kichkina Ergash – Fevral’ inqilobi chog‘ida, Qo‘qonning O‘ltarma qishlog‘idan bosh ko‘tarib, o‘ziga yigirma-o‘ttiz yigit qilib, Qo‘qon atrofini talab yurgan zo‘r o‘g‘ri edi. Ergash qo‘rboshi Qo‘qonga kelib, “Sho‘roi Islom” himoyasi ostida yigit to‘plab nom chiqargach, uni ham taklif qilgan bo‘lsa-da, u aralashmagan edi. Qo‘qonda “Sho‘roi Islom” fitna qo‘zg‘agach, muxtoriyatchilar unga yalinib, hurmatlab, katta va’dalar bilan urushga chaqirgan edilar. Urushning uchinchi kuni bo‘lsa kerak, u Qo‘qonga dabdaba bilan kirib keldi”.

Turkiston Muxtoriyati hukumati Bosh vaziri Mustafo Cho‘qayning tashabbusi bilan 1918 yil yanvarda hukumatdagi qolgan 4 o‘ringa ham vazirlar tayinlandi. Biroq ularning uch nafari buxoro yahudiylaridan edi. Xullas, muxtoriyat hukumatida 4 nafar vazir etnik jihatdan buxoro yahudiylariga mansub bo‘lgan.

Rafael’ ben Shlomo Potelyaxov (1868 1936) Turkistondagi yirik sarmoyadorlardan biri, 1gil’diya savdogari. 1868 yili Buxoroda tug‘ilgan. Millati buxoro yahudiylaridan. U 1889 yildan Qo‘qon shahrida yashagan hamda tadbirkorlik bilan shug‘ullangan. Qo‘qondagi Savdo uyi boshlig‘i (1908). Akauka Rafael’ va Nataniel’ Potelyaxovlarga paxtani qayta ishlovchi 36ta korxona hamda 2ta paxta yog‘i zavodi qaragan. Ular Buxoro amirligi va Turkiston o‘lkasidagi eng boy odamlardan bo‘lgan. R. Potelyaxov Turkistonda paxtachilik qiroli nomini olgan hamda “Potelyaxov savdosanoat o‘rtoqlik shirkati” firmasini boshqargan. Asakadan Vannovskiy stansiyasigacha temir yo‘l qurdirgan (1913). Qo‘qonda buxoro yahudiylari maktabini ochgan va uni ta’minlab turgan (1905).

Turkiston Muxtoriyati hukumati tashkil topgach, u 1918 yil boshlarida Obidjon Mahmudov o‘rniga muxtoriyat hukumatining oziqovqat vaziri bo‘ldi. 1918 yil fevral’ oyining oxirlarida akauka Potelyaxovlar VChK tomonidan qamoqqa olindi. Potelyaxovlarning xorijdagi qarindoshlari tomonidan bir necha mln pud paxta sovet hokimiyati ixtiyoriga yuborilgach, VChK raisi F. Dzerjinskiyning 1918 yil 26 noyabrdagi qarori bilan ularga xorijga jo‘nab ketishga ruxsat berildi. Ular Boku orqali avval Ierusalim [Quddusi sharif], so‘ngra Londonga yetib borishdi. R. Potelyaxov 1936 yili Londonda vafot etgan.

Yoqub Xaimovich Vad’yaev (1868 1936) yirik tadbirkor va sarmoyador, 1gil’diya savdogari, “Akauka Vad’yaevlar” Savdo uyi boshlig‘i. 1868 yili Buxoroda badavlat Vad’yaevlar xonadonida tug‘ilgan. Millati buxoro yahudiylaridan. U 1881 yili Qo‘qonga ko‘chib kelgan. Qo‘qon birja komiteti boshliqlaridan biri (1908). Qo‘qonda 1910 yilda ochilgan paxta yog‘i zavodi o‘z davrida Turkiston o‘lkasidagi eng texnologiyasi yuqori zamonaviy zavod hisoblangan.

Turkiston Muxtoriyati hukumati e’lon qilingach, 1918 yil yanvarda Yoqub Vad’yaev va ukasi Sion Vad’yaev hukumatda vazir lavozimlarini egallashdi. Ular muxtoriyat hukumatiga iqtisodiy yordam ko‘rsatish va unga 25 foiz miqdorida zaym (qarz) berishga rozi bo‘lishgan. Qo‘qon shahri 1918 yil fevralda bol’sheviklar tomonidan bosib olingach, bu yerda yashovchi ko‘plab badavlat buxoro yahudiylari qatorida akauka Vad’yaevlar ham muhojirlikka jo‘nab ketishga majbur bo‘lishdi. Ular Londonda yashashgan. Yo. Vad’yaev 1928 1933 yillarda Londonda manufaktura sotuvchi “BritanoRumino” kompaniyasiga rahbarlik qildi. Londonda 1936 yili vafot etgan.

Sion Xaimovich Vad’yaev (1878 1943) yirik tadbirkor va sarmoyador, 1gil’diya savdogari. 1878 yili Qo‘qonda Vad’yaevlar xonadonida tug‘ilgan. Millati buxoro yahudiylaridan. Turkiston Muxtoriyati hukumati e’lon qilingach, 1918 yil yanvarda akasi Yoqub Vad’yaev bilan birgalikda hukumatda vazir lavozimini egalladi. Muxtoriyat hukumati bol’sheviklar tomonidan tugatilgach, akauka Vad’yaevlar ham muhojirlikka jo‘nab ketishdi. Berlinda yashadi. 1921 yil oxirida Parijga borib, bu yerda valyuta savdosi bilan shug‘ullandi va yirik baqqollik magazini ochdi. Parijda 1943 yili vafot etgan hamda Quddusda dafn etilgan.

Bundan tashqari Turkiston Muxtoriyati hukumati tarkibiga “Yusuf Davidov” va “KnappZigel’” savdo uylarining vakillari ham kirgan. Yusupovlar xonadoni aslida Shahrisabz va Samarqandda yashagan buxoro yahudiylariga borib taqaladi. 1845 yildan ular Toshkentda yashagan. Yusuf Davidovich Davidov (1855 1914) Toshkentda YuudaDavud va Ugul Davidovlar xonadonida 1855 yilda tug‘ilgan. Millati buxoro yahudiylaridan. Uning otaonasi 1893 yili o‘z sarmoyasini o‘g‘li Yusufga qoldirib, 1893 yilda yashash uchun Quddusga jo‘nab ketishadi. U 1906 yil 22 martda Toshkentda “Yusuf Davidov” Savdo uyini ochadi. Bu savdo uyining egalari 11 nafar kishi (1gil’diyali savdogarlar: Yusuf Davidovich Davidov, Ben’yamin Abramovich Abramov, 2gil’diyali savdogarlar: Isaxor Davidovich Davidov hamda ularning bolalari) bo‘lgan. Akauka Davidovlarga 4ta paxta tozalash zavodi (Toshkent, Pskent, Namangan va Konibodom) hamda pivo zavodi (Toshkentdagi mashhur 6pivo zavodi) va boshqa mulklar qaragan. XX asr boshlarida Yusuf Davidov Toshkentdagi eng yirik millionerga aylanadi. U 1908 yili Toshkent shahridagi buxoro yahudiylari jamoasining boshlig‘i qilib saylandi. Akauka Yusuf va Isaxor Dovudlar o‘z xotinlari bilan 1914 yili Quddusda yashash uchun jo‘nab ketishdi hamda o‘sha yerda vafot etishdi.

Akaukalar Quddusga jo‘nab ketgach, Savdo uyining boshlig‘i Isaxor Davidovning o‘g‘li Abram Davidov bo‘ldi. U 1929 yili Quddusga jo‘nab ketayotganda yo‘lda o‘ldirilgan. Ben’yamin Abramov Savdo uyining Moskvadagi vakili bo‘lgan (u 1911 yilda vafot etgan).

Turkiston Muxtoriyati hukumatini ag‘darishda tashabbus ko‘rsatganlardan biri bol’shevik Sazonovning keyinchalik xotirlashicha, 1918 yil fevralda Qo‘qonda bol’sheviklar bilan muzokaralarni go‘yoki Mustafo Cho‘qay emas, balki muxtoriyat vakillaridan biri Yusuf Davidov olib borgan. Biroq Yusuf Davidov bu paytda tirik bo‘lmagan, u 1914 yilda Quddusda vafot etgan edi. Ehtimol, muzokaralar jarayonida Mustafo Cho‘qay bilan birgalikda “Yusuf Davidov” va “KnoppZiger” savdo uylarining vakillari ham qatnashgan bo‘lsa kerak. Sazonov esa ularni chalkashtirib yuborgan. Shuningdek, 1918 yil yanvardan boshlab Turkiston Muxtoriyati hukumatida Mirodil Mirzaahmedov ham vazir sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Mustafo Cho‘qayning yozishicha, muxtoriyat hukumatining so‘nggi kunlarida, ya’ni 1918 yil 18 fevralda Qo‘qonda Mirodil ham uning yonida bo‘lgan. Mirodil Mirzaahmedovning keyingi taqdiri noma’lum.

Polkovnik Magdi Chanishev (millati tatar bo‘lgan) 1918 yil fevralda Turkiston Muxtoriyati hukumatida harbiy kengash raisi bo‘lgan. Bu paytda harbiy ishlar vaziri Ubaydulla Xo‘jaev Qo‘qonda bo‘lmagan. Shuning uchun ham M. Chanishev bu paytda muxtoriyat qo‘shinida qo‘mondonlik qilgan. Bol’sheviklar huzuriga muzokaralar o‘tkazish uchun yuborilgan M. Chanishev qo‘lga olinib, qamoqqa tashlandi hamda Skobelev garnizonidan qochishga uringanda Qo‘qon fojialari paytida otib tashlandi. Bundan tashqari Turkiston Muxtoriyati hukumati faoliyatida qo‘qonlik yirik ulamolar: Kamol qozi, Miyon Qudrat va boshqalarning ham faol qatnashganligi haqida ayrim ma’lumotlar bor.

Xullas, Turkiston Muxtoriyati hukumati vazirlarining taqdiri ana shunday fojiali tarzda tugadi. Muxtoriyat hukumatining birinchi tarkibida 8 nafar vazir bo‘lgan, keyinchalik yana ular safiga 78 nafar kishi vazir sifatida kelib qo‘shildi. Muxtoriyat hukumati tarkibida tub aholi (o‘zbeklar va qozoqlar)dan tashqari 5 nafar buxoro yahudiylari va 2 nafar tatarlar ham bo‘lgan. Shu jihatdan olganda Turkiston Muxtoriyati hukumati rahbarlarining diniy va millatlararo munosabatlarda naqadar bag‘ri kengligi, sabrtoqati, tolerantligi va totuvligi yaqqol ko‘rinadi. Biroq turkistonliklar 1918 yil fevral’ oyi oxirida o‘lka tarixidagi dastlabki demokratik hukumatni bol’sheviklar zo‘ravonligidan asrab qola olmadi. Muxtoriyat hukumati tashkil topib, faoliyat ko‘rsatgandan so‘ng ropparosa 100 yil o‘tsa ham hozirgacha biz hukumat a’zolari faoliyati haqida deyarli hech narsa bilmaymiz. Bu o‘rinda mazkur tadqiqot O‘zbekistonda bu yo‘ldagi dastlabki qadam ekanligini aytib o‘tish joiz.

Qahramon RAJABOV
t.f.d., prof.,
O‘zbekiston FA Tarix instituti bo‘lim mudiri

O‘zbek milliy davlatchiligi tarixida Turkiston Muxtoriyatining o‘rni va roli” mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari,
2017 yil 12 oktyabr’

https://shosh.uz/uz/nosirxon-tora-saidnosir-mirjalilov-turkiston-muxtoriyati-hukumati-vazirlarining-faoliyati-va-keyingi-taqdiri-4-qism/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x