NOSIROV Poʻlatjon Xayrullayevich

NOSIROV Poʻlatjon Xayrullayevich (1948.6.1, Urgut sh. – 1999.15.9, Toshkent) — iqtisodchi olim, Oʻzbekiston qishloq xujaligi FA akad. (1992), iqtisod fanlari d-ri (1987), prof. (1991). Toshkent xalq xujaligi in-tini tugatgan (1970). Oʻzbekiston FA Iqtisodiyot in-tida ilmiy xodim (1972—75), ilmiy kotib, boʻlim bosh-ligʻi, direktor oʻrinbosari (1975 — 90), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat rejalashtirish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari (1990—92), Oʻzbekiston moliya vazirining 1-oʻrinbosari (1992—93), Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi raisining 1-oʻrinbosari (1993—94), shu qoʻmita Bosh hisoblash markazining Bosh direktori (1994), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida Bosh maslahatchi — Tahlil va axborot markazining rahbari (1994—96), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida 1-prorektor (1996—97), 1998-y. dan Bank va moliya akademiyasi moliya kafedrasi mudiri. Ilmiy ishlari Oʻzbekistonda tovar-pul munosabatlari, narxlarning shakllanishi, rejalashtirish hamda marketing muammolariga bagʻishlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x