Normuhammad qushbegi


Post Views:
71

NORMUHAMMAD QUSHBEGI – Qo‘qon xonligining Toshkentdagi noibi (1847–1852, 1863–64), qipchoqlardan. Qurama hokimi (1846–47). Xonlikdagi yuqori mansablarni olgan: dodhoh (1844), qushbegi (1850). Toshkent zodagonlari va ponsodlari ko‘magida xon noibi Aziz parvonachini Toshkentdan quvib yuborgan, qo‘zg‘olonni bostirgan. Qo‘qon xonligi mingboshisi Musulmonqul Toshkentni qamal qilgan. Normuhammad qushbegi qo‘shini shahar tashqarisiga chiqib jang qilib zafar quchgan. Musulmonqul Ketmontepaga qochgan. Toshkent qo‘shini Qo‘qonga yurish qilib, qipchoqlar qirg‘inini uyushtirgan (1852). Qirg‘in paytida Normuhammad qushbog‘i va uning 500 kishilik yaqin kishilarini xavfsiz joyda saqlashgan.

Abdulla Qodiriyning «O‘tgan kunlar» romanida 1852 yilgi Toshkent qo‘zg‘oloni, Normuhammad qushbegi haqida qiziqarli tarixiy ma’lumotlar bor.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/normuhammad-qushbegi-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x