NORIN TUMANI

NORIN TUMANINamangan viloyatining jan.-sharqiy qismida joylashgan tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan. 1962—1973-y. larda va 1988—89 y. larda Uchqoʻrgʻon tumani tarkibida boʻlgan. Norin tumani gʻarbdan viloyatning Namangan va Uychi, shim. dan Uchqoʻrgʻon tumanlari, jan. va sharkdan Andijon viloyatining Baliqchi va Izboskan tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 207,1 km2. Axrlisi 118,3 ming kishi (2003). Norin tumanida 1 shahar (Haqqulobod) va 8 qishloq fuqarolar yigʻini (Margʻzor, Norin-kapa, Paxtaqishloq, Toshloq, Tuda, Usmon Yusupov, Uchtepa, Xoʻjaobod) bor (2003). Markazi — Haqqulobod sh. Tabiati. Norin tumani viloyatning sharqiy qismida, Fargʻona tizmasining etaklarida joylashgan, gʻarbiy chegaralari boʻylab Qoradaryo oʻtadi. Relyefi past-baland tekislikdan iborat (bal. 600 — 800 m). Togʻ etaklari paleogen davrining gil, ohaktosh, mergel jinslaridan tarkib topgan. Norin havzasi yoppasiga konglomeratdan iborat. Qo-radaryo havzasida konglomerat ustupi oʻnlab metr qalinlikda qoplab yotgan lyoss katta maydonda tekislik hosil qilgan. Norinning qayir tekisligi Uchqoʻrgʻon qishlogʻidan boshlab 2—3 km ga kengayadi; bu yerda qumoq hamda qum-loq jinslar keng tarqalgan. Tuman hududining shim. dan jan. ga tomon Katta Andijon kanali kesib oʻtadi (tuman hududida uz. 13,5 km). Tumanning jan.-gʻarbiy tomonidan Qoradaryoning eski oʻzanidan oʻtadigan Qolgandaryo barcha sizot suvlarni yigʻib Qoradaryoga qoʻshiladi. Tuttrogʻi jan. qismida bot-qoq-torfli, shim. da b,oʻz tuproq. Norin Qoradaryoga qoʻshiladigan yerda oʻtloq-li, botqoq-oʻtloqi tuproqlar uchraydi. Iqlimi quruq kontinental. Yozi issiq, qishi sovuq. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —6°, iyulniki 27°. Yillikyogʻin 190—215 mm. Vegetatsiya davri 233 kun. Tuman hududi haydaladigan yerlardan iborat. Yovvoyi oʻsimliklardan faqat dare boʻylarida, kanal, zovur chetlaridagina qamish, ajriq, yalpiz, qirq-boʻgʻin, qoʻypechak, qizilmiya, burgan, gʻumay, yantoq, shoʻra, otquloq, shuvoq, yovvoyi jiyda, momoqaymoq, sambit, yulgʻun va b. oʻsadi. Yovvoyi xayvonlar juda kam qolgan. Ilonlar, suv havzalarida ondatra, shuningdek, tulki, kuyon, kalta-kesak, yumronqoziq, baliklardan sazan, laqqa, choʻrtan va b. bor. Qushlardan yovvoyi oʻrdak, loyxoʻrak, qaldirgʻoch, bul-bul, chumchuq, chugʻurchiq, musicha, hakka, qargʻa, soʻfitoʻrgʻay, sinchalak, karqunoq, qumri, laylak va b. uchraydi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar; shuningdek, tojik, qirgʻiz, rus, tatar, ko-reys va b. ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 571 kishi (2003).

Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaligi, asosan, q. x. ga ixtisoslashgan. Sanoat, transport, aloqa korxonalari bor. Shirkat xoʻjaliklari paxtachilik, gʻallachilik, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik va pillachilik bilan shugʻullanadi. Tumanda 2 (Oʻzbek-Litva «Klayna Tekstil» va «Haqqulobod PIK») qoʻshma korxonasi, kichik va xususiy korxonalar, «Norintola» aksiyadorlik jamiyati va b. mavjud (2003). Q. x. ning yetakchi tarmogʻi — paxtachilik. Q. x. da sugʻoriladigan yerlar 13 ming ga, ekinzorlar 12 ming ga dan ziyod. Shu jumladan, 6,7 ming ga yerga paxta, 4,6 ming ga yerga bugʻdoy, 563 ga yerga yemxashak, Norin tumanidagi Uzbek—Litva «Klayna Tekstil» qoʻshma korxonasi sexi.

80 ga yerga sabzavot, 30 ga yerga kartoshka va b. ekinlar ekiladi (2003). Norin tumanida 9 shirkat xoʻjaligi, 2 fermer xoʻjaliklar uyushmasi, 245 fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatmoqda. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida 19,9 ming qora-mol, 19,3 ming qoʻy, 44,2 ming par-randa boqiladi (2003). 2002/2003 oʻquv yilida 44 umumiy taʼlim maktabi boʻlib, 28,0 ming oʻquvchi taʼlim oldi, 4 kasb-hunar kolleji va iqtidorli bolalar litseyida 1530 oʻquvchi oʻqidi. 37 kutubxona, madaniyat saroyi, 11 qishloq madaniyat uylari, muzey, «Gul-dasta» xalq ansambli, «Xoʻrozcha» xalq qoʻgʻirchoq teatri hamda xalq dorbozlar guruhi faoliyat koʻrsatmoqda.

Norin tumanida markaziy kasalxona va 21 ta davolash va tibbiyot muassasasida 231 vrach, 1210 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Tumanda har 10 ming aholiga 19,7 ta vrach, 103,2 oʻrta tibbiy xodim toʻgʻri keladi (2003). 1931-y. dan «Norin ovo-zi» tuman gaz. chikadi (adadi 5000).

Murodulla Haydarov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x