NORBOʻTABIY

NORBOʻTABIY, Norboʻtaxon (taxm. 1749—1798) — Qoʻqon xoni (taxm. 1763— 1798). Abdulkarimbiynkng nabirasi, Abduraqmonxonning oʻgʻli. 14 yoshidan taxtga chiqqan. Namangan beklarining separatizmini bostirgan. Qoʻzgʻo-lon koʻtargan Xoʻjand begini yengib, shaharni oʻziga boʻysundirgan. Ammo Ura-tepa nomigagina Buxoroga tobe boʻlib qolgan. Norboʻtabiy hukmronligining soʻnggi yillarida akasi Hojibek Oʻratepa va Qu-rama xrkimlari yordamida isyon koʻtarmoqchi boʻlgan. U Toʻraqoʻrgʻon va Andi-jonni maskan tutgan. N. Andijonga qoʻshin tortib, akasi bilan sulh tuzgan.

Norboʻtabiy vafot etgan yil (1798) Erdona-xon maqbarasi yaqinidagi Madrasa qurilishi nixryasiga yetgan (q. Norboʻ-tabiy madrasasi). Norboʻtabiy davrida Fargʻona vodiysini birlashtirish jarayoni tu-gagan, iqtisodiyot tiklangan, moʻl-koʻlchilik, arzonchilik boʻlgan. Bu esa Fargʻonaga chekka tuman va viloyatlardan koʻplab aholini koʻchib kelishiga zamin yaratgan. Qoʻqon vodiyning madaniy-iqtisodiy markaziga aylangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x