NORBOʻTABIY MADRASASI

NORBOʻTABIY MADRASASI — Qoʻqondagi meʼmoriy yodgorlik (18-a. oxiri). Qoʻqon xoni Norboʻtabiy xukmronligi davrida qurilgan. Xalq orasida Madrasai Mir nomi bilan ham yuritiladi. Norboʻtabiy madrasasi chorsu maydoni yaqinida qurilgan. Bir qavatli, hovlili, toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (52×72 m), 4 burchagiga minora-guldastalar ishlangan. Hovli (38×38 m) atrofiga qator ravoqli xujralar joylashgan. Peshtogʻi shim. ga qaragan. Miyonsaroyning 2 ta-rafida peshtoq boʻylab tutashgan gum-bazli masjid va 12 ta derazali (panja-ralar oʻrnatilgan) darsxona mavjud. Norboʻtabiy madrasasi pishiq gʻishtdan qurilgan. Xonalar ichi ganchsuvoq qilingan. Masjidning gumbaz osti sharafasi va mexrobining yulduzsimon bezaklari serhasham koʻrinadi. Eshiklari girih naqshlar bilan bezatilgan, ichki qismida esa oʻymakori islimiy naqsh qoʻllanilgan. Norboʻtabiy madrasasining tashqi koʻrinishi Buxoro meʼmorlik maktabi uslubiga xosdir.

Ad.:Azimov I., Fargʻona vodiysining arxitektura yodgorliklari, T., 1986.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x