NOMOGRAFIYA

NOMOGRAFIYA (yun. nomos – qonun va… grafiya) — nomogramma tuzishga oid matematik nazariya. Mas, yoʻnish stanoklari keskichining parametrlari a, j, au orasidagi tg au = tg a sin j bogʻlanishni ifodalovchi chizma nomogramma hisoblanadi (rasm). Agar a va j parametrlarning qiymati berilgan boʻlsa, chetki shkalalardagi ularga mos nuqtalar toʻgʻri chiziq bilan tutashtiriladi. Bu toʻgʻri chiziq oʻrtadagi shkalani kesgan nuqtadan au qiymati topiladi. Mas, a=7,5°, j=4° boʻlsa, nomogrammaga muvofiq au=6,2°. Shu nomogrammaning oʻzidan a va au (yoki j va au)ning berilgan qiymati boʻyicha j ni (mos holda a ni) topish uchun ham foydala-nish mumkin. Mat., fizika va texni-kaning turli sohalarida koʻp shkalali va b. murakkab Nomografiya usullari qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x