NOMINATSIYA

NOMINATSIYA (lot. nominatio — nomlash, nom qoʻyish, atash) (tilshunoslikda) — nomlash xususiyatiga ega boʻlgan, yaʼni nolisoniy borliq unsurlariga nom berish va ularni ajratib koʻrsatish, ular haqida tegishli tushunchalarni shakllantirish uchun xizmat qiladigan til birliklari — soʻzlar, soʻz birikmalari, frazeologizmlar va gaplarni xreil qilish. Nominatsiya jarayonining natijasi hisoblangan maʼnoli til birligi xam ayni shu termin orqali ifodalanadi. Ayrim olimlar Nominatsiya terminini tilshunoslikning nomlash jarayonlari tarkibini oʻrga-nuvchi boʻlimini bildirish uchun ham qoʻllaydilar.

Nominatsiyada 3 jihat farqlanadi: nomlanuvchi obyekt, nomlovchi subyekt, tanlab olinadigan til unsurlari. Alohida tushuncha, predmet, belgi («goʻzallik», «kitob», «aytmoq», «yashil»), muayyan belgilari boʻlgan predmet («yashil da-raxt») yoki butun bir voqea-hodisa («Ba-hor!», «Qushlar uchdi») kabilar Nominatsiyaning obyekti boʻlishi mumkin. Shu jihatdan Nominatsiya lugʻaviy va propozitiv (soʻz birik-masi va ran shaklidagi) Nominatsiyaga boʻlinadi. Nominatsiya jarayonida nomlash uchun asos sifatida tanlab olinadigan (belgilar) nomning ichki shaklini tashkil etadi. Demak, ayni bir obyekt oʻzining turli belgilari asosida turlicha nomlanishi mumkin (Mas, «bolalar stulchasi» — moʻljallanganlik; «katta stul» — hajm, shakl belgisi). Nomning tashqi shakli nomlash jarayonida tanlab olinadigan leksik-grammatik vositalar bilan belgilanadi. Shu sababli ichki shakl jixatidan bir xil boʻlgan nomlar oʻzlarining tashqi shakli b-n farqlanadilar («nuroniy» — «keksa odam» — «chol»).

Nominatsiyani vazifa va kelib chiqish jihatidan tekshirish uni azaliy, avvaldan mavjud boʻlgan (yoki hoz. tilda tub deb qaraladigan) Nominatsiya va yasama (maʼno va soʻz yasalishiga koʻra) N. deb ikkiga ajratishga asos beradi. Avvaldan mavjud boʻlgan yoki birlamchi Nominatsiya jarayonlari — hoz. tillarda juda kam uchraydigan hodisa: tilning nominativ boy-ligi, asosan, oʻzlashmalar yoki ikkilamchi Nominatsiya hisobiga — N. jarayonida oldindan mavjud boʻlgan birliklarning fonetik shaklidan yangi ifodalanayotgan narsaning nomi sifatida foydalanish hisobiga boyib bormoq-da. Birlamchi Nominatsiya natijalari muayyan til vakillari tomonidan azaliy, dastlab-ki nom tarzida idrok qilinadi (Mas, suv, togʻ, ichmoq, qora kabi). Bunday Nominatsiya larning yasama ekanligi faqat eti-mologik yoki tarixiy tahlil orqaligina aniklanishi mumkin. Ikkilamchi Nominatsiya natijalari esa morfologik tarkibi yoki maʼnosiga koʻra, yasama nom sifatida idrok qilinadi. Tilda tasviriy vositalar, perifraza va idiomalarning hosil boʻlishi ikkilamchi Nominatsiyaning alohida holatidir.

Tilning ichki rivojlanish qonuniyatlariga mos keladigan va muayyan til vakillari ehtiyojlariga javob bera oladigan Nominatsiyalar, odatda, umumisteʼmoldagi lugʻat tarkibidan oʻrin oladi. Lekin maxsus terminologik tushunchalar uchun yaratiladigan yoki tor ijtimoiy guruhlar doirasida (jargonlar), shuningdek, alohida muallif tomonidan soʻz qoʻllashda paydo boʻladigan Nominatsiyalar haqida bunday deb boʻlmaydi.

Abduvahob Madvaliyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x