NOBELIY (Nobelium), No — Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub sunʼiy kimyoviy element; aktinoidlarta kiradi. Tartib raqami 102. Barqaror izotoplari yoʻq. Massa sonlari 251—259 boʻlgan 9 ta izotopi maʼlum. Eng uzok, mavjud boʻluvchi izotopi —259No (T|/2=l soat). Oksidlanish darajei +2, +3; ion radiusi No2+ uchun 0,11 nm. Ogirlik miqdorida olinmagan, xossalari 10 ta atomidan foydalanib oʻrganilgan. Stokgolmda (Shvetsiya) xalkaro olimlar guruhi 1957-y. da Nobeliy atomi olinganligini eʼlon qildi va uni A. Nobel (q. Nobellar) nomi bilan atashni tavsiya etdi. Nobeliyning massa soni 252 — 256 boʻlgan izotoplari 1963—67 y. larda Dubna sh. da G. N. Flerov boshchiligida olimlar tomonidan olindi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые