NO MU XYON

NO MU XYON (1946.6.8, Kimxe sh.) koreya Respublikasi davlat arbobi. 1971-y. dan harbiy xizmatda. 1978-y. dan xususiy advokatlik bilan shugʻullangan. 1985-y. dan Pusan xalqdemokratik ken-gashi ijtimoiy tashkilot raisi, 1987-y. dan Demokratik konstitutsiyani qabul qilish fuqarolik harakati Pusan boʻlimi ijroiya raisi, 1991-y. dan Demokratik partiya spikeri, 1993-y. dan partiya yuqori kengashi aʼzosi, 1995-y. dan vitse-prezidenti. 1997-y. dan Yangi siyosat uchun milliy kongressi partiyasi vitse-prezidenti, 2000-y. dan Dengiz va balikchilik ishlari vazi-ri, 2001-y. dan Yangi millenium demokratik partiyasi yuqori kengashi aʼzosi, soʻng doimiy maslahatchisi. 2003-y. 25 fev. dan Koreya Respublikasi prezidenti.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x