NIZOMOVA Raʼno Hoshimovna

NIZOMOVA Raʼno Hoshimovna (1935.25.12, Qoʻqon) — raqqosa, baletmeyster, pedagog. Oʻzbekiston xalq ar-tisti (1974). Toshkent xoreografiya bilim yurtini mumtoz raqs boʻlimini (1954), Toshkent madaniyat in-tining rej. lik boʻlimini (1982) tugatgan. 1954—57 y. Navoiy teatrida, 1957—78 y. lar «Bahor» ansamblida yetakchi raqqosa (ayni vaqtda 1956-y. dan repetitor-baletmeyster va badiiy rahbar oʻrinbosari). «Nargiz» bolalar ashula va raqs ansamblining tashkilotchisi (1978), badiiy rahbari va baletmeyster (1989-y. gacha). 1980-y. dan Toshkent madaniyat in-tining xoreografiya boʻli-mida oʻqituvchi (1992-y. dan prof.).

Raʼno Nizomova («Pomircha raqs Navoiy teatrining «Oqqush koʻli», «Uyqudagi goʻzal», «Yetti goʻzal», «Esmeralda», «Jizel» va b. spektakllarida balet partiyalarini ijro etgan. Nizomovaning ijodi serqirra boʻlib, Far-gʻona, Buxoro, Xorazm uslubidagi oʻzbek mumtoz, xalq zamonaviy raqslarini, qardosh va xorijiy xalqlar raqsini bir maromda mahorat bilan ijro etgan. Nizomova repertuaridan «Bahor» ansamblida «Pilla», «Jonon», «Rohat», «Tanavor», «Fargʻona ruboiysi», «Asta qiyolab oʻtdi», «Oʻyna Raʼno», «Buxorocha raqs», «Togʻli Badaxshon raqsi», «Zav-qim kelur», «Shoʻx qiz», «Oʻynasin» kabi hamda afgʻon, hind, pokiston, polyak va b. xalqlar raqslari oʻrin olgan. Baletmeyster sifatida «Lolalar», «Yoshlik valsi», «Soqiynomai Bayot», «Dilxiroj», «Oʻzbekiston qizlari», «Duxtari zebo» va b. raqslarni sahnalashtirgan. Avstriya, Chexoslovakiya, Indoneziya, Yaponiya, Hindiston, Pokiston, Kanada, Misr va b. mamlakatlarda gastrolda boʻlgan.

As: Havaskorlik bolalar va raqs ansambllarini tashkil qilish va ularning faoliya-ti (hamkorlikda), T., 1985.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x